Davlat kursi sotuvda dollaruz.net

O'zbekistonda 2017 yildan boshlab ichki valyuta bozorini rivojlantirish va uning samaradorligini oshirish, shuningdek, tadbirkorlik subektlarining tashqi iqtisodiy faoliyati uchun shart-sharoitlarni yahshilashga qaratilgan valyuta siyosatini keng miqyosda erkinlashtirish kutilmoqda. Ushbu o'zgarishlarini o'zida ifoda etgan "Valyuta siyosatining ustuvor yo'nalishlari to'g'risida"gi Prezident qarori loyihasi muhokama uchun

Yagona interaktiv davlat hizmatlari portaliga joylashtirildi.

Hujjatda quyidagilar valyuta siyosatini liberallashtirishning asosiy ustuvor yo'nalishlar qilib belgilangan:

Barcha davlat organlarining nazorat-cheklash orqali boshqarish usullarini himoyalash-rag'batlantirish yondashuviga o'zgartirish, bunda hususiy aktivlarni o'z ihtiyoriga ko'ra boshqarish huquqini amalga oshirishni ta"minlash va qulay investitsion iqlimi va ishbilarmonlik muhitini yaratishni ko'zda tutish;

Respublikaning eksport salohiyatini rag'batlantirish, milliy ishlab chiqaruvchilarning ichki va tashqi bozorlardagi raqobatbardoshligini oshirish;

Tashqi iqtisodiy faoliyatning barcha ishtirokchilariga valyuta operatsiyalarini amalga oshirishda teng sharoitlar yaratish, bunda alohida korhona yoki sohalarga imtiyoz va preferentsiyalar taqdim etish amaliyotini taqiqlash;

Milliy valyutaning horijiy valyutalarga nisbatan qiymatini faqatgina bozor mexanizmlaridan foydalangan holda o'rnatish;

Milliy valyuta barqarorligiga salbiy ta'sir ko'rsatuvchi qonunchilik normalarining o'rnatilishiga yo'l qo'ymaslik.

Quyidagilar bilan mos keluvchi tartiblarning o'rnatilishi rejalashtirilmoqda:

O'zbekiston hududida sotilayotgan (ko'rsatilayotgan) tovarlar va hizmatlar narhlari, jamiyatlar ustav kapitaliga eng kam talablar faqatgina milliy valyutada belgilanishi lozim;

O'zbekiston hududida tovar va xizmatlar uchun horijiy valyutada to'lovlarni amalga oshirish to'lov kartalar orqali to'lovlarni amalga oshirish istisno qilingan holda qat'iyan taqiqlanadi;

O'zbekiston hududida davlat bojlari, yig'imlar va boshqa majburiya to'lovlar faqatgina milliy valyutada qabul qilinadi, bunda O'zbekiston norezidentlaridan erkin bojxona zonalari va erkin omborhonalar hududlarida olinadigan bojxona yig'imlari istisno etiladi.

Yuridik va jismoniy shaxslarning hususiy mablag'larini erkin tasarruv etish huquqlarini to'laqonlik ta"minlash maqsadida quyidagilar o'rnatiladi:

Valyuta daromadlari va yuridik shahslar hisoblarida mablag'lar mavjud bo'lgan hollarda horijiy valyutada foyda, dividentlar va boshqa daromadlarni aktsionerlar (ishtirokchilar) qarori asosida to'lashga ijozat beriladi;

O'zbekiston hududida jismoniy shahslar o'rtasida bank o'tkazmalari, pochta o'tkazmalari yoki to'lov tizimlaridan foydalangan holda horijiy valyuta mablag'larini o'tkazishga ruhsat beriladi;

Yakka tartibdagi tadbirkorlarga yuridik shahs tashkil etmasdan o'z bank hisoblari orqali import mahsulotlari va hizmatlari uchun to'lovlarni amalga oshirishga ijozat beriladi;

Eksportyor va importyorlar ular tomonidan imzolangan tashqi savdo shartnomalari bo'yicha to'lov shaklini valyuta nazorati qonunchiligi doirasida o'z hohishiga ko'ra erkin tanlaydi;

Hukumat qarorlari bilan o'rnatilgan istisnoli hollardan tashqari, 10 ming AQSH dollari ekvivalentiga teng miqdorgacha bo'lgan naqd puldagi horijiy valyutani respublikadan olib chiqib ketish hech qanday cheklovlarsiz amalga oshiriladi. Bunda 2000 AQSH dollari ekvivalentigacha miqdorda bo'lgan naqd puldagi horijiy valyutani O'zbekistondan olib chiqish va O'zbekistonga olib kirishda majburiy deklaratsiya qilinmaydi;

Tijoriy banklar va Markaziy banklarning naqd puldagi horijiy valyutani O'zbekistondan tashqariga olib chiqib ketishga ijozat berishi amaliyoti bekor qilinadi;

O'zbekiston norezidentlari (yuridik va jismoniy shahslar) qonunchilikda belgilangan tartibda O'zbekiston banklarida hisob ochish va mablag'larini erkin tasarruf etish huquqiga ega.

Azizi yutdoshlar bunga siz qanday qaraysiz, sizning fikringiz qanaqa?

 

 

Комментарии   

+1 #22 Botir 23.01.2017 12:55
Bir xellar dollar yuqolsin kerak emas deyishadi lekin bu xato gap dollor butun dunyo mamlakatlari bo'ylab muomilaga kirib ketgan uni yuqotib bo'lmaydi kuchli davlatlar hatto Yevropa mamlakatlari EVRO pulini ishlab chiqarib barbir dollor butun yevropa davlatlari bo'ylab muomilada yuribti bizning davlatga ham shu ahvol chunki milliy valyutamiz faqat o'zbekiston ichida yo'l ketadi a chetda faqat dollor bilan hisob kitob qilinadi. AQSH o'zining milliy puli orqali butun dunyo iqtisodiyotini boshqaradi u Xitoy bo'ladimi uRossiyami yo Yevropami, Buyuk Britaniyami, Yapponiyami Arab mamlakatlarimi farqi yo'q kuchli iqtisodiyotga ega mamlakatlarning barchasi AQSH ga iqtisodiy tobe buni tan olamizmi yo'qmi bu real haqiqat
Цитировать
-1 #21 Botir 23.01.2017 12:43
Davlat hisob kitobi bo'yicha oylik ish haqqimizni davlat kursida hisoblab yetarli darajada deb qayd etishgan. Chunki minimal oylik ish haqqimiz davlat kursi bilan hisoblaganda qaryib 50 dollarga yetar ekan bunda bujjet tashkilotlarining ish haqqi 180-200 dollargacha bo'lar ekan. lekin bozorlardagi mahsulotlar narxlari davlat kursida belgilanmaydiku axir shu sababdan davlat kursini devalvatsiya qilish kerak real hayotiy kurs bilan ishlash kerak hisob kitoblaram shu bilan bo'ladi keyin
Цитировать
-1 #20 Botir 23.01.2017 12:34
Buni qaranglar minimal oylik ish haqqimiz 150000 so'm vaholanki dollorda 22 dollar bo'lar ekan ko'p bujjed tashkilotlari uch to'rt minimal oylik ish haqqida oylik olar ekan bu dollorda 66 yo 88 dollar bo'lar ekan axir bu pul bilan kun ko'rib bo'lmaydiku to'g'rimi? Xalqning turmush darajasini yaxshilayman deb minimal oylik ish haqqini ko'tarishni foydasi yo'q axir bu yerdan oylikni chiqarib narxlarniya ko'tara verishni foydasi yo'qku ikki 15 bir 30 masmi? Minimal oylik ish haqqini ko'tarishdan ko'ra dollarni kursini tushirish ayni muddao bo'ladi narxlar tushadi shu oylikni o'ziyam yetadigan bo'ladi
Цитировать
-1 #19 Botir 23.01.2017 12:26
Avvaliga dollorning rasmiy kursi ko'cha kursi bilan bir xel bo'ladi keyinchalik dollar kursini birja belgilaydi. Davlat shunday qilib milliy valyutani qadrini ko'tarishi mumkin avvaliga ko'cha kursi bilan bir xel bo'lib keyin qora bozorni yuqotib bankdan bemmalol almashtirish maydalash yoki sotib olish mumkin bo'lgandan keyin xalqni o'rgatgandan keyin asta sekinlik bilan kursni tushirib milliy valyutani qurbini ko'tarishi mumkin hozirgi kunda qora bozorda suniy ravishda kurs o'rnatilyapti biror marta kurs sezirarli darajada hali 25 yil davomida pasaymagan agar milliy valyutamiz shu turishda qadrsizlanib ketavursa xalqni turmush darajasi yaxshi bo'lmaydi.
Цитировать
0 #18 uzb. 14.01.2017 19:08
Тугри
Цитировать
-1 #17 Султонхужа 08.01.2017 19:36
Нима булса шуни курамиз.Хавотирга урин йук
Цитировать
+2 #16 Акмал 07.01.2017 14:15
Аввалам бор Узбекистаннинг экспорт ва импорт нисбатини солиштирмок даркор, хеч булмаса бу нисбатлар 40 % - 60% га етганда, давлат курсини куча курсигача кутариб эркин валюта савдосини очмок зарур.
Цитировать

Добавить комментарий

Курс доллара в Узбекистане.

Свежая информация о курсах доллара и рубля в Узбекистане.

Мы рады приветствовать вас на сайте, на котором легко узнать курс доллара (dollar kursi) в Узбекистане. Здесь представлена актуальная информация о курсах обмена валюты, сайт доступен на всех платформах, быстро загружается даже при медленном соединении. Курс рубля в Узбекистане отображен в удобном и доступном виде. Никакой лишней рекламы, отвлекающей пользователя. На сайте присутствует возможность оставлять комментарии, оценивать мнение комментаторов.

Влияние курса валют в Узбекистане на стабильность жизни.

Сегодня сложно найти человека, который был бы равнодушен к курсам валют. В условиях нестабильной экономической атмосферы в мире, необходимо следить за курсами, чтобы быстро реагировать, продавать или покупать валюту.

Каждый житель нашей страны осознает, насколько важную роль играет курс доллара в Ташкенте. Сегодня граждане видят прямую зависимость между курсом доллара, рубля и ценами. Котировки валют напрямую влияют на уровень благосостояния. Вот почему важно всегда быть в курсе изменений.

Найти правдивый показатель курса рубля и доллара в Ташкенте.

Найти правильно указанный курс рубля в Ташкенте не всегда просто. На нашем сайте dollaruz.net представлена самая последняя информация о курсе рубля. Заходя на наш сайт, очень удобно отслеживать динамику курсов. На сайте в аккуратной таблице размещены данные котировок для всей страны.

Простота.

Простота использования и удобство нашего сайта помогут вам легко отслеживать колебания курсов. Воспользуйтесь расположенной на сайте таблицей и подберите оптимальный для вас обмен. Учитывая постоянно скачущие курсы, не всегда можно вовремя среагировать на ситуацию, и запастись нужной валютой или избавиться от обесценивающейся.

Экономическая грамотность.

Главный залог благосостояния. Особенно, когда в семье есть значительные сбережения. При несерьезном отношении к своим сбережениям, можно лишиться благосостояния за считанные дни, и потом нервно «кусать локти». Кроме того, многие люди используют возможность заработать на движении курсов. С нашим сайтом это просто!