Kelajakda ya'ni kelgusi yil 2025, 2026-yillarda dollar kursi qay darajada o'zgaradi? Biz nimaga tayyor turaylik?
S&P Global Ratings xalqaro reyting agentligi O'zbekistonning xorijiy valyutadagi suveren kredit reytingini barqaror prognoz bilan «BB-» darajasida tasdiqladi. Agentlikning xabariga ko'ra joriy yil oxirigacha yalpi ichki mahsulotlar o'sishi 5.6% ga o'sishi prognoz qilindi.
Ushbu agentlik yurtimizda 2024-2026 yillarda so'mning dollarga nisbatan keskin qadrsizlanishini kutmayotganligini ta'kidladi.
Prognozlar quyidagicha:
2023-yil oxirida 1 dollar 12 150 so'mga baholanadi (hozirda 12 272 so'm). Kelayotgan 2024-yil davomida esa so'm dollarga nisbatan 4,1 foizga qadrsizlanib dollar kursi yil oxirida 12 650 so'm atrofida bo'ladi.
2025-yilda so'mning qadrsizlanishi 3,5 foiz, 2026-yilda esa 3 foiz bo'ladi — yil oxiriga kelib so'm dollarga nisbatan mos ravishda 13 100 so'm va 13 500 so'm atrofida baholanadi.
Ma'lumot uchun aytib o'tishimiz zarur, 2022-yilda so'm dollarga nisbatan 3,6 foizga qadrsizlangan edi. Biroq 2023-yilda bu ko'rsatkich 11 oy ichida 9,3 foiz bo'ldi. Jahondagi vaziyat valyuta kursiga ta'sir etmasdan qoymaydi albatta.
Похожие новости
- Прогноз курса доллара в Узбекистане на 2024-год - 13 000 сум - 12/09/2023 11:32
- Лучшие распродажи и промокоды интернет-магазина - Uzum Market! - 30/08/2023 11:35
- При оплате картами Humo - кэшбэк 1% - 22/06/2023 05:09
- Ипотечный кредит для вторичного рынка в банках Узбекистана - 20/06/2023 07:48
- Узум Маркет расширяет свою географию - 14/06/2023 08:08