O'zbekistonda 2017 yildan boshlab ichki valyuta bozorini rivojlantirish va uning samaradorligini oshirish, shuningdek, tadbirkorlik subektlarining tashqi iqtisodiy faoliyati uchun shart-sharoitlarni yahshilashga qaratilgan valyuta siyosatini keng miqyosda erkinlashtirish kutilmoqda. Ushbu o'zgarishlarini o'zida ifoda etgan "Valyuta siyosatining ustuvor yo'nalishlari to'g'risida"gi Prezident qarori loyihasi muhokama uchun
Yagona interaktiv davlat hizmatlari portaliga joylashtirildi.
Hujjatda quyidagilar valyuta siyosatini liberallashtirishning asosiy ustuvor yo'nalishlar qilib belgilangan:
Barcha davlat organlarining nazorat-cheklash orqali boshqarish usullarini himoyalash-rag'batlantirish yondashuviga o'zgartirish, bunda hususiy aktivlarni o'z ihtiyoriga ko'ra boshqarish huquqini amalga oshirishni ta"minlash va qulay investitsion iqlimi va ishbilarmonlik muhitini yaratishni ko'zda tutish;
Respublikaning eksport salohiyatini rag'batlantirish, milliy ishlab chiqaruvchilarning ichki va tashqi bozorlardagi raqobatbardoshligini oshirish;
Tashqi iqtisodiy faoliyatning barcha ishtirokchilariga valyuta operatsiyalarini amalga oshirishda teng sharoitlar yaratish, bunda alohida korhona yoki sohalarga imtiyoz va preferentsiyalar taqdim etish amaliyotini taqiqlash;
Milliy valyutaning horijiy valyutalarga nisbatan qiymatini faqatgina bozor mexanizmlaridan foydalangan holda o'rnatish;
Milliy valyuta barqarorligiga salbiy ta'sir ko'rsatuvchi qonunchilik normalarining o'rnatilishiga yo'l qo'ymaslik.
Quyidagilar bilan mos keluvchi tartiblarning o'rnatilishi rejalashtirilmoqda:
O'zbekiston hududida sotilayotgan (ko'rsatilayotgan) tovarlar va hizmatlar narhlari, jamiyatlar ustav kapitaliga eng kam talablar faqatgina milliy valyutada belgilanishi lozim;
O'zbekiston hududida tovar va xizmatlar uchun horijiy valyutada to'lovlarni amalga oshirish to'lov kartalar orqali to'lovlarni amalga oshirish istisno qilingan holda qat'iyan taqiqlanadi;
O'zbekiston hududida davlat bojlari, yig'imlar va boshqa majburiya to'lovlar faqatgina milliy valyutada qabul qilinadi, bunda O'zbekiston norezidentlaridan erkin bojxona zonalari va erkin omborhonalar hududlarida olinadigan bojxona yig'imlari istisno etiladi.
Yuridik va jismoniy shaxslarning hususiy mablag'larini erkin tasarruv etish huquqlarini to'laqonlik ta"minlash maqsadida quyidagilar o'rnatiladi:
Valyuta daromadlari va yuridik shahslar hisoblarida mablag'lar mavjud bo'lgan hollarda horijiy valyutada foyda, dividentlar va boshqa daromadlarni aktsionerlar (ishtirokchilar) qarori asosida to'lashga ijozat beriladi;
O'zbekiston hududida jismoniy shahslar o'rtasida bank o'tkazmalari, pochta o'tkazmalari yoki to'lov tizimlaridan foydalangan holda horijiy valyuta mablag'larini o'tkazishga ruhsat beriladi;
Yakka tartibdagi tadbirkorlarga yuridik shahs tashkil etmasdan o'z bank hisoblari orqali import mahsulotlari va hizmatlari uchun to'lovlarni amalga oshirishga ijozat beriladi;
Eksportyor va importyorlar ular tomonidan imzolangan tashqi savdo shartnomalari bo'yicha to'lov shaklini valyuta nazorati qonunchiligi doirasida o'z hohishiga ko'ra erkin tanlaydi;
Hukumat qarorlari bilan o'rnatilgan istisnoli hollardan tashqari, 10 ming AQSH dollari ekvivalentiga teng miqdorgacha bo'lgan naqd puldagi horijiy valyutani respublikadan olib chiqib ketish hech qanday cheklovlarsiz amalga oshiriladi. Bunda 2000 AQSH dollari ekvivalentigacha miqdorda bo'lgan naqd puldagi horijiy valyutani O'zbekistondan olib chiqish va O'zbekistonga olib kirishda majburiy deklaratsiya qilinmaydi;
Tijoriy banklar va Markaziy banklarning naqd puldagi horijiy valyutani O'zbekistondan tashqariga olib chiqib ketishga ijozat berishi amaliyoti bekor qilinadi;
O'zbekiston norezidentlari (yuridik va jismoniy shahslar) qonunchilikda belgilangan tartibda O'zbekiston banklarida hisob ochish va mablag'larini erkin tasarruf etish huquqiga ega.
Azizi yutdoshlar bunga siz qanday qaraysiz, sizning fikringiz qanaqa?
Похожие новости
- Benzin narxi 31-33% oshdi. - 23/10/2016 11:03
- O'zbekiston mustaqilligidan keyingi asosiy 10 ta yutug'i - 18/09/2016 12:17
- NEXIA 3 narxi avtosalonda e'lon qilindi - 11/09/2016 15:54
- Uzbek Avto (GM Uzbekistan) avtomashina ishlab chiqarilishi qaytadan tiklandi. - 10/09/2016 12:47
- Oylik ish haqi 2016-yil 1-oktyabrdan 15% ga oshadi. - 26/08/2016 07:28
Комментарии
The clarity in your post is simply nice and
i could assume you are an expert on this subject.
Fine with your permission allow me to grab your feed to keep updated with forthcoming post.
Thanks a million and please continue the rewarding work.
Feel free to surf to my homepage - https://www.viagrapascherfr.com/prix-viagra-officiel-france/: https://www.viagrapascherfr.com/prix-viagra-officiel-france/
RSS лента комментариев этой записи