Ushbu qaror Prezidentimiz tomonidan juma kuni ko'rib chiqildi va tasdiqlandi. Bugungi kungacha O'zbekistonliklar uchun o'zlarining xalqaro kartalaridan naqd pulni faqat chet elda yechib olish imkoni bor edi. Qarorda ko'rsatilishicha, O'zbekiston banklarida naqd chet el valyutasini to'g'ridan to'g'ri sotib olish imkoni yo'q, faqatgina xalqaro kartalarga ko'chiriladi. Keyinchalik xorijiy kartalardan naqt chet el valyutalarini yechib olish imkoni bor, horijiy naqd valyutani yechishda qulaylik tug'dirish uchun bankomatlar qo'yiladi. Qiziqarlisi shuki, O'zbekistondagi tijorat banklari o'z xoxishiga qarab valyuta yechishdagi miqdor va me'yorlarini belgilaydi.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ushbu qarorni amalga oshirish va uni qulaylashtirish uchun topshiriqlar berdi, unga ko'ra jismoniy shaxslarga o'z hisobidagi chet el valyutasini onlayn tarzda boshqarish uchun barcha sharoitlarni yaratish kerakliligini ta'kidladi. Ushbu internet dasturi onlay tarzda milliy valyutamizni istalgan chet el valyutasiga avtomatik tarzda konvertatsiya qilishga yordam beradi.
Yana bir turistlar uchun quvonchli xabar – 1-noyabrgacha O'zbekiston bo'ylab avtomatlashtirilgan, kuniga 24 soat uzluksiz ishlaydigan valyuta ayrboshlash shahobchalari paydo bo'ladi, birinchi bo'lib turistlar ko'p tashrif buyuradigan shaharlarda amalga oshiriladi, keyinchalik butun O'zbekistonda. Hozirda valyuta ayirboshlash shahobchalar faqat banklarda joylashgan, ularning ish vaqti 9:00 dan 18:00 gacha.
Eslatib o'tishimiz zarur, 2017-yilning 5-sentyabrdan jismoniy shaxslar o'z dollar, evro, rubl va boshqa chet el valyutalarini be'malol bozor kursida istalgan banklarida sotishi mumkin. Avvallari banklar ularni faqatgina sal kam ikki barobar kam bo'lgan davlat kurslarida sotib olar edi.
Barcha yangiliklarni bizning dollaruz.net saytida kuzatib boring.
Похожие новости
- Amerika dollari so'ngi oy davomidi o'z mavqeyini yo'qotmoqda. - 13/03/2018 08:57
- O'zbekistonning oltin-valyuta zaxirasi haqida aniq ma'lumot. - 09/02/2018 20:06
- Aloqa Bank 20% lik AVTOKREDIT bermoqda - 07/02/2018 14:49
- Markaziy bank 100 ming so'm pul banknotasini chiqarmoqchimi? - 17/01/2018 06:43
- Xorijiy kartalardan davlat kursida sum yechib olish mumkin bo'ladi. - 13/01/2018 17:35
Комментарии
RSS лента комментариев этой записи