2018-yil boshlarida Dollaruz.net AloqaBank tomonidan avtokredit berilayotganligi haqida ma'lumot bergan edik. O'sha vaqtdan hozirgi kungacha bozorda ko'p o'zgarishlar bo'lib o'tdi: bozorda yangi o'yinchilar paydo bo'ldi, shartlar o'zgardi, foizlar kamaydi. Ushbu maqolada - birlamchi bozordan faqatgina yangi avtomobillarga avto kreditlar ko'rib chiqilgan.
Turonbank - Faqa ikkilamchi bozor bilan chegaralanib qolmasdan birlamchi bozor (yani yangi avtomobillar) uchun ham avtokredit ajratishni boshladi. Eslatib o'tamiz Turonbank fevral oyidan ikkilamchi bozorda, avtomobil yoshi 7 yildan oshmagan avtomashinalar uchun kredit berib kelmayotgan edi.
Turonbank tomonidan avtokreditlar eng kam ish haqining (EKIH) 1000 barobaridan oshmagan holda ajratilmoqda va u 3 yilga beriladi (hech qanday imtiyozli muddatlarsiz). Yillik foiz stavkalari boshlang'ich to'lovning hajmiga bog'liq. Agarda siz 25-34% gacha to'lovni amalga oshirsangiz avtokredit foizi sizga 24% bo'ladi, 35-49% gacha to'lasansa foizi to'lovi sizga 22%, 50% yoki undan ko'prog'ini to'lasangiz 20 foizli avtokredit ajratiladi.
Aloqabank - o'tgan maqolamizdan keyin shu paytgacha Aloqabankda avtokredit olishga qo'yiladigan garov omonat puli 30% dan 25% kamaydi. Avtokredit muddati 4 yilni tashkil qilib foiz stavkasi esa 20% ni tashkil qildi.
Trastbank - ushbu bankda hech qanday o'zgarishlar sodir bo'lmadi - har doimgidek kredit 3 yildan ko'p bo'lmagan vaqtga beriladi, kredit muddatini ko'paytirish iloji yo'q. Avtokredit foizi esa uning bosh to'lovi miqdoriga bog'liq - 30% to'lasangiz kredit foizi 24% bo'ladi, 40% to'lansa 23%, 50% ga 22% tog'ri keladi.
Asia Alliance Bank - AAB da fevral oyiga nisbatan kredit stavkasi ancha kamaydi, yani 28% bo'lgan bo'lsa endilikda 26% tashkil qiladi. Avtokredit muddati esa 3 yildan 5 yilgacha beriladi, boshlang'ich to'lov miqdor 25% dan kam bo'lmasligi kerak. Foiz stavkasi - 24%, 25% va 26%.
Ravnaq-Bank - ushbu bankda shartlar hech qanday o'zgarishlarsiz qoldi, 2 xil turdagi avtokreditlar berilmoqda: qisqa muddatli (bir yil muddatga) va uzoq muddatli (3 yilgacha). Birinchi turida foiz stavkasi yiliga 24%, ikkinchisi esa 28 foizni tashkil qiladi.
Hamkorbank - ushbu bank ham birlamchi bozor uchun avtomobil sotib olish uchun avtokreditlar berishni boshladi (fevralda faqat ikkilamchi bozor uchun berilar edi). Shartlar - avtokredit eng kam ish haqining 1000 barobarigacha beriladi, muddati 36 oygacha, eng kam boshlang'ich to'lovi 30%, eng kam foiz stavkasi 25%.
Ipoteka-Bank - ushbu bankda avtokredit uchun yillik foiz stavkasi boshqa banklarga nisbatan eng kam, yani 20 % tashkil qiladi. Kredit muddati 3 yil, miqdori - eng kam ish haqining 700 barobarigacha, omonat to'lov hajmi esa avtomobil narxidan 25% kam bo'lmagan summa to'lanadi.
Ipak Yuli Bank - avto kredit uchun 250 mln so'mgacha mablag' berilmoqda, to'lov muddati 36 oygacha. Boshlang'ich to'lov 49% gacha to'lansa kredit foiz stavkasi yiliga 25,5% tashkil qiladi, 50% dan ko'prog'iga - 24%.
OrientFinanceBank - OFBda avtokredit uchun 300 mln so'mgacha mablag' berilmoqda, muddati esa 48 oygacha. Foiz to'lovi boshlang'ich to'lov miqdoriga bog'liq: 25% to'lansa 22%, 50 foizdan yuqorirog'iga esa 20%. Boshlang'ich to'lovlarsiz avtokredit olish imkoni mavjud, buning uchun garovga qo'yilayotgan mulkning summasi olinayotgan avtomobilning narxidan kamida 50 foizini tashkil etishi shart - yillik foiz to'lovi esa 23% tashkil etadi.
Kapitalbank - avtokredit 4 yil muddatga beriladi. Foiz stavkasi 26% dan boshlanadi, avtokredit miqdori EKIHning 1000 barobarigacha. Ushbu bankning saytida kreditni hisoblash kalkulyatori mavjud.
DollarUz.Net ushbu ma'lumotlarga aniqlik kiritishingizni tafsiya qiladi, chunki oxirgi paytlarda shartlar tez-tez o'zgarib turmoqda.
Похожие новости
- Dollar kursi nima uchun pasaymoqda? - 22/05/2018 10:37
- Hamkorbank onlayn tarzda valyuta hisob raqam ochish imkonini yaratdi. - 27/04/2018 10:05
- Rossiyadan O'zbekistonga qancha pul ko'chirildi? - 01/04/2018 06:11
- 1-apreldan xalqaro valyuta kartalaridan naqd dollar, evroni yechib olish mumkin bo'ladi. - 24/03/2018 08:25
- Amerika dollari so'ngi oy davomidi o'z mavqeyini yo'qotmoqda. - 13/03/2018 08:57
Комментарии
Also visit my web page: air conditioning repair expert: https://plumbingandheatingsupplies.net/kentucky/air-conditioner-replacement-40594.php
Maslahatim: Bankdan boshqasiga ishonmang yolg'on kontora yoki hisob kitobda chalg'itishmoqchi aslida esa 30 foizdan ham yuqori bo'libi ketadi avtokreditingiz.
RSS лента комментариев этой записи