Qishloq qurilish banki zamonaviy va jahon talablariga javob bera oladigan xizmatlar ko'rsatish ko'lamini kengaytirish maqsadida poytaxtimizning Mirobod dehqon bozori yonginasida o'z-o'ziga xizmat ko'rsatuvchi bankomatlar o'rnatdi. Ushbu bankomatlar haftasiga 7 kun 24 soatdan to'xtovsiz xizmat ko'rsatadi. Shaxobchada zamonaviy bankomatlar, infokiosk, infomonitor va "Internet banking" xizmatlarini amalga oshiriladi, shu jumladan yuridik shaxslar va tadbirkorlar uchun klaviaturali infokiosk ham o'rnatildi.
Istalgan fuqaro, istalgan vaqtda kelib, bemalol ushbu shaxobchaga tashrif buyurib bankomatlar orqali o'z plastik kartalaridan naqd pul yechib olishlari mumkin. Infokiosk qurilmalari orqali xizmatlar uchun to'lovlarni naqd pulda yoki plastik kartalar orqali amalga oshirishlari, plastik karta tarixini bilishlari yoki sms xabarlarni yoqishlari mumkin. Shuningdek ushbu shaxobchada QQB dan olingan kreditlarni, kommunal to'lovlarni, uyali aloqa, shahar telefonlari, televideniya va internet uchun to'lov qilish imkoni mavjud.
QQB mijozlari uchun qulaylik - endilikda yuridik shaxslar va tadbirkorlar bank filiallariga bormasdan klaviaturali infokiosk orqali internet banking xizmatidan foydalangan holda naqt pulsiz to'lovlarni amalga oshirishlari mumkin. Infomonitor esa mijozlar uchun bank haqidagi so'ngi yangiliklar bilan sizni xabardor qilib turadi.
Muhim yangilik: Yaqin kunlarda shaxobchada dollar yoki yevroni bank kursida ayirboshlash imkonini beruvchi bankomat o'rnatilishi kutilmoqda. Kelajakda rejalar esa xuddi shunday 24 soat xodimsiz ishlaydigan shaxobchalarni viloyatlarda ham ochish niyati borligini bildirdi. Valyuta bank kurslarini esa har doimgidek bizning dollaruz.net saytimiz orqali bili olishingiz mumkin.
Sizga ushbu yangilik yoqdimi? Izohlaringizni yozib qoldiring.
Похожие новости
- O'zbekistonda avto kredit yangiliklari - 01/08/2018 15:22
- Dollar kursi nima uchun pasaymoqda? - 22/05/2018 10:37
- Hamkorbank onlayn tarzda valyuta hisob raqam ochish imkonini yaratdi. - 27/04/2018 10:05
- Rossiyadan O'zbekistonga qancha pul ko'chirildi? - 01/04/2018 06:11
- 1-apreldan xalqaro valyuta kartalaridan naqd dollar, evroni yechib olish mumkin bo'ladi. - 24/03/2018 08:25
Комментарии
RSS лента комментариев этой записи