O'zbekistonda bugundan yani 25.02.2019 dan boshlab 100 ming so'mlik banknota muomalaga kiritilishi boshlandi.
Yangi banknotaning tashqi ko'rinishi buyuk olim va davlat arbobi Mirzo Ulug'bek bobomiz va uning astronomiyada amalga oshirgan yutuqlariga bag'ishlandi. Yangi banknota maxsus himoyalabgan qog'ozdan ishlangan bo'lib oldi va ort tomonlarining rangi ochiq jigarran va havorang.
"Nominal qiymati 100 000 so'm bo'lgan ushbu banknota aholiga bir muncha qulayliklar yaratadi, misol uchun avtomobil, mebel, maishiy texnika kabi yuqori qiymatli tovarlar xarid qilishdagi noqulayliklar bilan bog'liq muammolar hal etiladi. Shunday qilib, yangi banknotaning asosiy vazifasi - naqd pul hisob-kitoblarida qulaylik yaratish", - deya ta'kidladi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki pul muomalasi departamenti direktori Fazliddin Bozorov.
Bundan tashqari, kassirlar, tijorat banklari xodimlarining hisob-kitoblardagi yuki kamayadi, ish haqi, pensiyalar, nafaqalar berish osonlashadi. Naqd pul bosib chiqarish, shuningdek ularni transportirovka qilish va saqlash kabi xarajatlar sezilarli darajada kamayadi. Bankomatlar orqali aholiga xizmat ko'rsatish samaradorligi yanada oshadi.
Ekspertlarning fikricha, keyingi yillarda milliy valyutada jamg'arish anchagina kamaygan, bu borada AQSH dollari anchagina o'zib ketgan, shuning uchun nominal qiymati 100 000 so'm bo'lgan milliy banknota aholida so'm pul jamg'arishni qayta tiklashga yordam beradi, chunki bu pullarni saqlash ancha qulaylashadi. Shu bilan birga ta'kidlab o'tish lozimki, katta pullarni muomalaga chiqarish inflyatsiyaning o'sishiga yordam beradi degan xavotirlar o'zini umuman oqlamaydi, chunki muomaladagi umumiy pul miqdori o'zgarmaydi.
Sizning fikringiz qanday?
Похожие новости
- O'zbekiston va Hindiston o'rtasida 104,1 million dollarlik shartnoma imzolandi. - 06/10/2018 10:29
- Qishloq qurilish banki bankomatdan dollar yechib olish imkonini yaratmoqchi. - 13/09/2018 18:17
- O'zbekistonda avto kredit yangiliklari - 01/08/2018 15:22
- Dollar kursi nima uchun pasaymoqda? - 22/05/2018 10:37
- Hamkorbank onlayn tarzda valyuta hisob raqam ochish imkonini yaratdi. - 27/04/2018 10:05
Комментарии
RSS лента комментариев этой записи