Banklarda avto kredit berish uchun sharoitlar 2019-yilga nisbatan qanday o'zgarishlar kuzatildi.
2019-yil dekabr oyida aniq bo'lishicha, avto kreditdan qarzdorlar 2,7 barobarga oshgan. Bunday kreditlar bo'yicha qarz yuki 67.3% hollarda tavsiya etilgan darajadan oshadi. 2019-yilning 1-iyul xolati bo'yicha O'zbekistonda avtomobil kreditlari bo'yicha 85 ming dona debitor qarzdorlik mavjud edi, bu 2018-yilning xuddi shu davrga nisbatan 2.9 barobar va 2017-yildan 12 marta ko'p degani. Yopilmagan avtokreditlar umumiy soni 4519 ta, bu 2018-yilga nisbatan 2.7 marta ko'proq va 2017-yilga nisbatan 19 marta ko'proq.
2020-yilning yanvar oyida avto kreditga bo'lgan yuqori talabni 16 ta bank qoplashga tayyor. 2019-yildan asosiy farqi bu stavkalarning o'sishi. O'tgan yili o'rtacha foiz stavkalar darajasi 25-27% oralig'ida bo'lgan bo'lsa, endi eng keng tarqalgan avtokredit 30%. Barcha banklarga dastlabki to'lovni amalga oshirish majburiy. Odatda, bu avtomobil narxining 30%, garchi ko'proq va kamroq variantlar ham mavjud bo'lsada. Bir necha banklar boshqa banklarga nisbatan qulayroq avtokredit turlarini taklif qilmoqda - lekin dastlabki depozit miqdori va kredit muddatiga qarab foiz stavkasi o'zgarib boradi.
Iltimos, diqqat: ushbu ma'lumot faqat maqola e'lon qilingan vaqtda joriy hisoblanadi va faqat axborot maqsadida taqdim etiladi, aniq ma'lumot uchun bank bilan bog'lanishingizni tafsiya qilamiz.
Bank avtokredit jadvali 2020-yil yanvar oyi xolati.
Bank | Muddat | Bosh/to'lov | Foiz stavkasi |
AgroBank | 12-24 oy | 50% | 28-30% |
Asia Alliance Bank | 12-36 oy | 25% | 27-31% |
Davr-Bank | 35 oygacha | 30% | 30% |
Ipak Yo'li Bank | 36 oygacha | 40% | 23.8% |
Ipoteka Bank | 12 oygacha | 40% | 30% |
Kapital Bank | 12 oygacha | 30% | 24% |
Orient Finans Bank | 48 oygacha | 25% | 26-28% |
TrastBank | 36 oygacha | 30% | 24-28% |
TurkistonBank | 36 oygacha | 30% | 28-30% |
НаmkorBank | 36 oygacha | 30% | 30% |
UzPromStroyBank | 12, 24, 36 oy | 25% | 28-31,9% |
UniversalBank | 36 oygacha | 30% | 42% |
SavdogarBank | 30 oygacha | 30% | 30% |
Ravnaq-Bank | 12-36 oy | 30% | 28-32% |
Ziraat Bank | 12, 24, 36 oy | 30% | 24-27% |
Tenge Bank |
36 oygacha | 30% | 25,9% |
Похожие новости
- O'zbekistonda 1-dekabrdan nima o'zgarishlar bo'ladi? - 28/11/2019 09:42
- Eng daromadli omonat turlari - 06/11/2019 08:32
- Medvedev dollardan voz kechishni taklif qildi. - 04/11/2019 08:03
- O'zbekistonda 1-noyabrdan nima o'zgarishlar bo'ladi? - 29/10/2019 06:26
- Chiroyli avtoraqam savdosi 245 milliard so'mdan ortiqni tashkil qildi - 25/08/2019 02:41
Комментарии
RSS лента комментариев этой записи