Navoiy viloyatida safarda prezident Mirziyoyev yangi quyosh elektr stantsiyasini ishga tushirish marosimida sohadagi vazifa va rejalar xaqida aytib o'tdi. «Kelgusi 5 yilda iqtisodiyotimiz o'sishini 1,5 barobarga oshirib, yalpi ichki mahsulot hajmini kamida 100 milliard dollarga yetkazishni reja qilganmiz. Bu borada o'rta va yirik shakldagi minglab yangi sanoat korxonalari ishga tushirilib, elektr energiyasiga ehtiyoj 100 mlrd kiloVatt soatga yetadi. Bu raqam — hozirgidan 30 mlrd kiloVatt soatga ko'p degani», — dedi prezident.
Iqtisodchi Otabek Bakirov shu kabi vazifa bundan 20 oy avval, 2020-yil 22-yanvarda Davlat rahbarining murojaatida ham yangraganiga e'tibor qaratdi: "Biz kelgusi besh yil uchun yuqori iqtisodiy o'sishni ta'minlash, soliq-byudjet siyosatini takomillashtirish, sanoat tarmoqlari, energetika, transport, qishloq xo'jaligi, uy-joy va kommunal sohalarni rivojlantirish borasida katta marralarni belgilab oldik. Jumladan, yalpi ichki mahsulotni qariyb 2 barobar oshirish yoki 58 milliard dollardan 100 milliard dollarga yetkazish zarur". Hozirda paritetsiz baholarda O'zbekiston YaIMi 60 mlrd.dollar atrofida. Kelgusi besh yillikda bu ko'rsatkichni 100 mlrd.dollarga yetkazish uchun iqtisodiyotning yillik o'sishi 10 foizdan kam bo'lmasligi kerak, - deb yozmoqda Bakirov.
Keyingi 5 yilda YaIM hajmini 100 mlrd dollarga yetkazish haqida yana gapirilibdi. Lekin negadir matematika bunga ishonmayapti. Agar iqtisodiyotimiz keyingi 5 yilda bundan oldingi o'rtacha(taxminan 5.5%) o'sishda o'sgan taqdirida(hozirgi YaIM 57.7 mlrd dollar) 5 yildan keyin YaIMning umumiy hajmi 75.4 mlrd dollarga yetadi(haqiqatga eng yaqin stsenariy). Agar o'sish tempi qandaydir mo'jiza yuz berib 10% yetsa unda 5 yildan keyin YaIM hajmi 93 mlrd dollarga yetadi. YaIM hajmi 100 mlrd dollarga yetishi uchun esa iqtisodiyotimiz yiliga 13% dan o'sishi talab etiladi (hozirgi o'sishdan ikki barobar yuqori). Ta'kidlash kerakki iqtisodiyotimiz yuqori o'sgan hamda raqamlar chizilganligi ta'kidlanadigan yillarda ham bunday yuqori o'sish kuzatilmagan.
Odatiy iqtisodiy vaqtlarda ham bunday o'sish biz uchun shunchaki ushalmas orzu bo'lib turgan holatda, pandemiyaning borligini ham qo'shsak, bunaqa yuqori o'sish, tan olish kerak, shunchaki xom hayol. Ma'lumot uchun, aholimizning atigi 3.7% i to'liq vaktsina olgan, bunaqa past darajali vaktsinalash fonida pandemiya bizda nafaqat bu yil balki keyingi yilda ham ijtimoiy, iqtisodiy holatimizga zarba berishda davom etadi. Boshqa tarafdan Afg'onistondagi vaziya ijobiy tarafga hal bo'lsa ya'ni tinchlik o'rnatilsa bu marraga, 100 mlrd dollar YIMga yetish rejasini yanada yaqinlashtiradi.
Похожие новости
- Turonbank 10 mln dollar qarz oldi - 05/09/2021 05:41
- Biznes haqida 10 ta kitob - million dollar ishlash siri. - 31/08/2021 06:15
- 2021-yil yarim yillik asosiy iqtisodiy ko'rsatkichlar - 29/08/2021 01:56
- Ta'lim krediti bo'yicha asosiy masalalar. - 25/08/2021 06:19
- Yangi O'zbekiston uchun biznes rejalar - 21/08/2021 03:12