35 ta bankdan 22 tasida valyuta depozitlarini ochishingiz mumkin. Maksimal stavka 7,2%.
Valyuta depozitlari mamlakatning 22 bankida ochilishi mumkin, ulardan 13 tasida ushbu amaliyotni onlayn bajarish imkoniyati yaratilgan.
Turonbank va NBU mos ravishda 7,2% va 7% yuqori foiz stavkalarini taklif qilishmoqda. Ushbu depozitlarni bank ilovasi orqali onlayn ravishda yoki ofisga tashrif buyurib ochishingiz mumkin.
O'sib borish stavkalari Ziraat Bank Uzbekistan, Ipoteka banki, Alokabank, Mikrokreditbank, Qishloqqurilishbank, Agrobank va Asakabankda amal qilmoqda. Ravnaq-bankda esa foizlarning pasayib ketish dollar foiz depozitlari mavjud, yani astlabki ikki yil ichida 6% va 5%, keyin 2% hisoblanadi.
Depozitni ochish uchun minimal miqdor $100. Omonatchilar omonatlarni qisman olib qo'yishlari va to'ldirishlari mumkin. Ba'zi banklar depozitni to'ldirish mumkin bo'lgan muddatlar va minimal miqdorlarni belgilaydilar. Masalan, Ziraat Bank Uzbekistan-ga omonat ochilgan kundan boshlab dastlabki 12 oy ichida kamida 500 AQSh dollari miqdorida qo'shimcha badal qo'shilishi mumkin. Omonatlarni saqlash muddati 6 oydan 3 yilgacha
Bank | Stafka | Muddat | Min. miqdori |
Turon Bank | 7,2% onlayn/oflayn | 18 oy | - |
NBU | 7% onlayn, 6.75% oflayn | 18 oy | $100 |
InfinBANK | 6,5% onlayn/oflayn | 18 oy | $1000 |
Universal Bank | 6,5% oflayn | 15 oy | $500 |
Ziraat Bank | 2−6,5% oflayn | 36 oy | $1000 |
Ipoteka Bank | 5−6% oflayn | 13 oy | - |
Trastbank | 6% onlayn/oflayn | 13 oy | $500 |
Hamkorbank | 5,5% oflayn, 6% onlayn | 13-18 oy | $500 |
Ravnaq-bank | 6−2% oflayn, 5−2% oflayn | 36 oy | $500-$200 |
AloqaBank | 1−6% onlayn/oflayn | 12 oy | $100 |
Anor Bank | 5% onlayn/oflayn | 24 oy | $100 |
Madad Invest Bank | 5% oflayn | 12 oy | $100 |
QQB | 2−5% oflayn | 36 oy | $100 |
Xalq Banki | 4,5% oflayn | 18 oy | $10 |
Agro Bank | 2,5−4% onlayn/oflayn | 13 oy | $100 |
Asia Alliance Bank | 4% onlayn/oflayn | 18 oy | $100/$500 |
Kapitalbank | 4% onlayn/oflayn | 36 oy | $500 |
O’zsanoatqurilishbank | 4% onlayn/oflayn | 6 oy | $500 |
Poytaxt Bank | 3% oflayn | 25 oy | $100 |
Asaka Bank | 1,4−2,8% onlayn/oflayn | 24 oy | $50 |
Orient Finans Bank | 2,5% oflayn | 16 oy | $5000 |
Похожие новости
- Uzum brendi to'rtta mukofotga sazovor bo'ldi - 23/05/2023 09:08
- Беспроцентные переводы с карты на карту в Узбекистане - 19/05/2023 04:47
- Aprel oyida oltin-valyuta zaxiralari 230 million dollar kamaydi - 08/05/2023 06:17
- ШОС отказывается от доллара - 05/05/2023 07:44
- O‘zbekistondagi TOP 10 onlayn do‘konlar aniqlandi - 02/05/2023 14:36