Raqamlar: 2017-yilning yakunida O'zbekiston Rossiyadan pul ko'chirmalar hajmi bo'yicha birinchi o'rinni egalladi.
Rossiya Markaziy bankining berilgan ma'lumotlariga ko'ra 2017-yilda Rossiyadan O'zbekistonga 3 milliard 902 million dollar pul ko'chirishgan. Ushbu pullarning 3,1 milliardini O'zbekiston fuqarolari qolgan 771 millionini Rossiya fuqarolari ko'chirishgan. Ushbu raqamlarni inobatga olgan holda 2017-yilning yakunida pul ko'chirmalar hajmi bo'yicha O'zbekiston birinchi o'rinnni oldi.
Ikkinchi o'rinda esa Tojikiston 2 mlrd 536 mln, uchinchi o'rinda Qirg'iziston 2,211 mlrd bilan va to'rtinchi o'rinni Armaniston - 1 milliard 65 million AQSh dollari ko'chirilgan. MDH davlatlari ichida oxirgi o'rinni esa Turkmaniston egalladi - Rossiyadan Turkmanistonga atigi 2 million dollar ko'chirilgan, xayron qolarli joyi yo'q chunki Turkmaniston yopiq davlat sanaladi.
Eslatib o'tamiz, avvalroq Ukraina bankining xabar berishicha 2017-yilning yakunida Ukrainadan O'zbekistonga 9,4 mln dollar ko'chirilgan ekan.
2017-yilning oxirida yurtdoshlarimiz uchun chet davlatlardan pul ko'chirishda qulaylik yaratildi, yani endilikda Rossiyadan turib rublda to'g'ridan to'g'ri UzCard kartalariga ko'chirishingiz mumkin, kelib tushgan rubl esa avtomatik tarzda AQSh dollariga konvertatsiya bo'ladi. Keyinchalik uni bemalol o'z xoxish istagingizga qaran naqd dollarda yechib olishingiz mumkin, yoki foizi ko'payib boruvchi omonatlarga qo'yishingiz mumkin.
Aziz dollaruz.net foydalanuchilari maqola sizga manzur bo'lgan bo'lsa izoh qoldirishingizni so'raymiz.
Похожие новости
- 1-apreldan xalqaro valyuta kartalaridan naqd dollar, evroni yechib olish mumkin bo'ladi. - 24/03/2018 08:25
- Amerika dollari so'ngi oy davomidi o'z mavqeyini yo'qotmoqda. - 13/03/2018 08:57
- O'zbekistonning oltin-valyuta zaxirasi haqida aniq ma'lumot. - 09/02/2018 20:06
- Aloqa Bank 20% lik AVTOKREDIT bermoqda - 07/02/2018 14:49
- Markaziy bank 100 ming so'm pul banknotasini chiqarmoqchimi? - 17/01/2018 06:43
Комментарии
BANK KURSI $$
RSS лента комментариев этой записи