2017-yilda O‘zbekistonda keng miqyosli moliyaviy islohotlar amalga oshirilishi kutilmoqda. 2016-yil noyabrida “Valyuta siyosatining ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘risida”gi qaror Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida muhokama uchun chop etildi. Hujjat mamlakatda valyuta siyosatini keng miqyosda liberallashtirilishini nazarda tutadi.
Mazkur hujjat va u nazarda tutadigan islohotlar jahon matbuotida ham aks sado bermoqda. Jumladan, Qozog‘istonning “365info.kz” sayti moliya va iqtisodiyot sohasi ekspertlarining bu boradagi fikrlarini o‘rganib chiqdi.
“Hujjatning asosiy jihati — milliy valyutaning chet el valyutalariga nisbatan kursini faqat bozor mexanizmlaridan foydalangan holda belgilash”, — deb ta’kidlanadi materialda.
“Bugun bank operatsiyalari va so‘mni chet el valyutasidagi o‘tkazish masalalari biznes uchun katta muammolar tug‘dirmoqda, bundan turistlar hamda mamlakatning oddiy fuqarolari qiynalmoqda. Chet el kompaniyalari daromadni konvertatsiyalab, olib chiqib bo‘lmagani uchun tavakkal qilgisi kelmaydi. Shuning uchun, aytaylik, rasmiy ma’lumotlarga qaraganda, O‘zbekistonda Rossiya kapitali ishtirokidagi 800 ta firma va tashkilot ishlamoqda, qo‘shni Qozog‘istonda esa ularning soni 20 mingta”, — so‘zida davom etadi material muallifi.
Valyuta siyosatining liberallashuvi qanday kechadi?
Endilikda mamlakatdan 10 ming dollargacha olib chiqish mumkin, 2 ming dollargacha bo‘lgan mablag‘ni esa deklaratsiyaga kiritish shart emas. Shuningdek, plastik kartalar yordamida valyutada tovar sotib olishga ruxsat berish rejalashtirilmoqda.
Biznes uchun valyuta ayirboshlash va chet elliklar bilan savdo munosabatlari o‘rnatishdagi taqiqlar olib tashlanadi. Qonun yakka tartibdagi tadbirkorlarga tovar va xizmatlar importi uchun to‘lovni yuridik shaxs yaratmasdan amalga oshirishga ruxsat beradi.
Eksportchilar va importchilar ichki bozorda valyuta xarid qilish huquqiga ega bo‘ladi. Chet el firmalari uchun ham katta imkoniyatlar ochiladi — O‘zbekiston norezidentlari mamlakat banklarida hisob ocha oladi.
Asosiysi — valyuta tushumi majburiy sotilishi bekor qilinadi.
“Ammo bu chora birdaniga amalga kiritilmaydi — valyuta tushumining majburiy sotilishi saqlanib qoladigan ayrim tovar va xizmatlar ro‘yxati bo‘ladi. Davlat bu ro‘yxatni ‘butunlay bekor qilinguniga qadar’ qisqartirib boradi. Boj va yig‘imlar oldingiday so‘mda to‘lanadi. Divident va daromadni esa xorijiy valyutada to‘lashga ruxsat etiladi”, — deyiladi maqolada.
So‘mni devalvatsiya kutyaptimi?
Materialda ta’kidlanishicha, ekspertlar yuqoridagi qonunchilik tashabbusi hamda u nazarda tutgan islohotlarga turlicha baho bermoqda — pessimistlar ham, optimistlar ham bor.
Navro‘z Xurramov, moliyaviy tahlilchi:
“Nazariy nuqtai nazardan, loyihada ta’riflangan barcha choralarning amalga oshirilishi va tatbiq etilishi o‘rta istiqbolda O‘zbekiston iqtisodiyotining rivojiga jiddiy turtki berishi, bu esa iqtisodiyotdagi qator muammolarni hal qilishi mumkin. Qisqa istiqbolda esa, o‘ylaymanki, valyuta siyosatining bunday liberallashuvi hamda iqtisodiyotda valyuta nazoratining samarador bozor mexanizmiga o‘tilishi og‘riqsiz kechmaydi. Odatda bunday o‘tish valyuta kursi vaqti-vaqti bilan keskin o‘ynashiga, shuningdek, bank va birja konversion operatsiyalarida vaqtinchalik uzilishlar kelib chiqishiga olib kelishi mumkin.
Lekin tan olish kerakki, mavjud valyuta siyosatining liberallashuvidan keladigan ijobiy ta’sir vaqt jihatdan ham, O‘zbekiston iqtisodiyotidagi miqdoriy ko‘rsatkichlarda ham cheklangan bo‘ladi, negaki bu qadam iqtisodiyotdagi jiddiy muammolarning bittasi hal etilishiga olib keladi. Bundan tashqari, O‘zbekiston iqtisodiyoti uzoq istiqbolda barqaror rivojlanishga turtki olishi uchun boshqa struktur o‘zgarishlarga ham muhtoj”.
Yuliy Yusupov, iqtisodiyot bo‘yicha mustaqil ekspert:
“Aftidan, nihoyat milliy valyutaning erkin konvertatsiyasi joriy etiladi.
So‘mning rasmiy kursi devalvatsiya qilinadi.
Muvozanatga solingan kurs dollarga 5–7 ming so‘m bo‘ladi (Markaziy bank va hukumatning boshqa harakatlari bilan bog‘liq ravishda). Valyuta kreditlari bor bank va korxonalar, rasmiy konvertatsiya ruxsatini olgan ayrim importchilar jabr ko‘radi.
Qolgan hamma va umuman iqtisodiyot yutadi”.
Источник: Daryo.uz.
Комментарии
Endi yaxshi buldi. Bankad borasan qancha xoxlasang olasan. Bank kartalari bilanham muammo bulmaydi. Menimcha zur buldi. Moshin olaman deysanu sumga ololmaysan, Endichi bemalol ol. Sumgami dollargami evrogami farqi yuq, 100 foiz yaxshi buldi.
Tug‘ri man xam chetda uqish niyatim bor ammo bu narxni kurib turibmiz shu oy oxirida ketishim kerak edi lekin endi kantraktini tulolmasak kerak davlat oddiy xalqni xam uylasa yaxshi bulardi oldingidek bulsa uqishga imkoniyat buladi
Озгина булсаям ютамиз. Ман валютчикмасман.Пулим озгина булсаям купайсин двомман. :oахир узим 8200дан олганманде
RSS лента комментариев этой записи