Adliya vazirligi 1-dekabrdan qonunlarda qanday o'zgarishlar kutilayotgani haqida aytib o'tdi.
1. Kuchli moddalar tarkibidan tashkil topgan dorilar faqat ayrim dorixonalarda sotiladi.
2019-yilning 1-dekabridan boshlab tarkibiga kuchli moddalar kiritilgan dori vositalarining chakana savdosi faqat ijtimoiy dorixonalarda, shuningdek, giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni saqlash va sotish uchun litsenziyaga ega dorixonalarda sotiladi.
2. IMEI-kodni ro'yxatdan o'tkazish haq evaziga amalga oshiriladi.
O'zbekiston Respublikasi hududida mobil qurilmalarni xalqaro noyob identifikatsiya kodlari (IMEI) bo'yicha ro'yxatdan o'tkazish tizimi ishga tushib jismoniy shaxslar, importchilar va ishlab chiqaruvchilarni tizimga, haq evaziga murojaat qilish orqali amalga oshiriladi.
3. Litsenziyalanadigan faoliyat turi bittaga ko'payadi.
Moddiy madaniy merosning ko'chmas ob'yektlarini saqlab qolish faoliyati bilan shug'ullanadiga mutaxasislar iltsenziyalanadi.
4. Grant mablag'larini jalb qilgan xodimlar rag'batlantiriladi.
- donor delegatsiyalar tomonidan O'zbekistonga tashriflarni tashkil etish va ularning mansabdor shaxslar bilan uchrashuvlari hamda respublika viloyatlariga safarlarni tashkil etish bo'yicha oldindan tashqi ishlar vazirligiga so'rov yuborish muddati 30 dan 15 ish kuniga qisqartiriladi;
- grant oluvchilarning bank hisobotlarini, shuningdek Moliya vazirligi xazinasiga texnik yordam ko'rsatish bo'yicha axborot va idoraviy hisobot berish majburiyati bekor qilinadi;
- grant oluvchilar har chorakda investitsiya va tashqi savdo vazirligiga qabul qilingan va o'zlashtirilayotgan grantlar va tashqi beg'araz yordamning davom etayotgan loyihalari to'g'risidagi ma’lumotlarni taqdim etadilar;
- davlat organlari rahbarlari eng kam ish haqining 15 baravarigacha bo'lgan bir martalik haq shaklida grant mablag'larini jalb qilishda bevosita ishtirok etgan xodimlarni rag'batlantirish huquqiga ega.
5. Farmatsevtika tekshiruvi to'g'risidagi nizom kuchga kiradi.
Muxim amaliyotlar (GxP) talablariga muvofiq tekshirishlar o'tkazish tartibi to'g'risidagi nizomni kuchga kiradi.
6. Energiya boshqaruv tizimi amalga oshiriladi.
Ba’zi korxonalar va tashkilotlarda xalqaro standart (ISO 50001) ga muvofiq energiya boshqaruv tizimiga bosqichma-bosqich o'tiladi.
Ushbu tizimda quyidagilar nazarda tutilgan:
- energiya samaradorligini baholashda shaffoflik va ob'yektivlik, korxonalarning energiya sarflarini kamaytirish, shuningdek atmosferaga chiqarishlarni kamaytirish;
- minimal resurslar bilan energiya boshqaruvining samaradorligi, birinchi navbatda moliyaviy, korxonalar aktivlarining kapitallashuvini oshirish;
- mahsulot va xizmatlarning raqobatbardoshligini oshirish.
7. Traktorchi-mashinist guvohnomasining yangi namunasi beriladi.
2019-yilning 1-dekabridan Toshkent shahrida, 2020-yilning 1-martidan butun mamlakat bo'ylab traktorchi guvohnomasining yangi namunalari, texnik pasport va texnik guvohnoma beriladi.
8. Murabbiylar har 5 yilda attestatsiyadan o'tkaziladi.
Respublikada har 5 yilda faoliyat ko'rsatayotgan murabbiylar, jismoniy tarbiya va sport mutaxassislarini ilmiy-metodik qo'llab-quvvatlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazi hamda uning filiallari negizida attestatsiyadan o'tkaziladi.
Похожие новости
- Eng daromadli omonat turlari - 06/11/2019 08:32
- Medvedev dollardan voz kechishni taklif qildi. - 04/11/2019 08:03
- O'zbekistonda 1-noyabrdan nima o'zgarishlar bo'ladi? - 29/10/2019 06:26
- Chiroyli avtoraqam savdosi 245 milliard so'mdan ortiqni tashkil qildi - 25/08/2019 02:41
- Naqd valyuta savdosi yo'lga qo'yildi - 21/08/2019 18:18