Xabaringiz bor O'zbekistonning barcha banklarida 5-sentyabrdan boshlab erkin valyuta sotilishi boshlandi. Mijozlar qulay sharoitlarda va tez fursatda valyuta sotib olishmoqda va sotishmoqda.
Valyuta shaxobchalarida avvaligidek uzundan uzun navbatlar yo'q, oshib borsa 3-4 ta odam. Bu bir tarafdan davlatga ham foyda, ham xalq uchun juda qulay.
Dollar kursi shaxobchalarda, agar sotmoqchi bo'lsangiz 1$ = 8000 so'm, sotib olmoqchi bo'sangiz esa 8150-8160 so'mdan valyuta kartasiga tashlab beradi. 1875 $ dollargacha so'mga hisoblaganda 15 mln so'm mablag'ni bemalol fuqarolik pasportisiz olishingiz mumkin. Dollar sotib olmoqchi bo'lganlarga konversion visa karta ochiladi, unga har 3 oyda 5000 $ gacha mablag' qo'yishingiz mumkin.
Taniqli bloger Davronbek Tojialiyev feysbukdagi sahifasida birinchi xaridorga aylanganini yozib isbotiga sur'atlar ham yukladi.
Lekin kimlardandur eshitishimcha bank atrofida arzonroq dollar olmoqchi bo'lganlar ham topilar ekan. Bu holatlar bo'lmasligi uchun bank xodimlariga etiborliroq bo'lishlarini maslahat beramiz va shubhali odamlarni ko'rganda darxol tegishli joylarga xabar berishingizni so'raymiz. Valyuta bozorini liberalizatsiya qilish onson ish emas, bu maqsadda har bir fuqaro o'z davlatiga, vataniga ko'maklashishi kerak deb o'ylayman.
Sizning fikringiz qanday Aziz dollaruz.net foydalanuvchilari?
Похожие новости
- 5 sentyabrdan dollarni davlat kursida sotish boshlanadi. - 04/09/2017 03:01
- Dollarni davlat kursida bankomatdan echib olishingiz mumkin. - 23/08/2017 10:34
- 50000 so'm - sizning fikringiz? - 21/08/2017 07:02
- Konvertatsiya ochilsa, kurs qanday bo'ladi? - 18/06/2017 05:01
- Erkin valyuta konvertatsiyasi masalasi yechilmoqda. - 15/06/2017 14:55
Комментарии
Курс 10390*300=3 117 000 сум болади сиздаги доллар
Dollor kursi xozirgi kunda qancha
Niga bunday buvoti
RSS лента комментариев этой записи