Kuni kecha 13-yanvar kuni poytaxtimizdagi "Taraqqiyot strategiyasi" markazida iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo'nalishlari bo'yicha press-brifing muhokamasi bo'lib o'tdi, unga ko'ra bankomatlar orqali chet el valyuta kartalaridan avtomatik tarzda konvertatsiya qilib milliy valyutada yechib olish masalasi ko'ndalang qo'yildi.
Markaziy bank raisi o'rinbosari Shuhrat Atabayevning aytishicha, "Xalqaro valyuta jamg'armasi vakillari shu yilning fevral oyida yurtimizga mehmon bo'lishi kutilmoqda".
«Banklarning to‘lov qobiliyatini ta’minlash maqsadida ulardagi kapital miqdorini 20 foizga oshirish nazarda tutilmoqda. Hanuzgacha, MB tomonidan amalga oshirilayotgan pul-kredit siyosati instrumentlari zamon talablariga to‘liq javob bermaydi. Shuni inobatga olgan holda, 2018 yilda pul-kredit siyosatida qo‘llanuvchi instrumentlarni qayta ko‘rib chiqamiz», deb fikr bildirdi Shuhrat Atabayev.
Pul aylanmalarining yagona elektron tizimi barpo qilinadi. Ushbu qilinmoqchi bo'lgan ishlardan maqsad aholining naqd pul mablag'larini tijorat banklariga qo'yish va uni qulaylashtirishdir.
«Bundan tashqari, to‘lov tizimida ham sezilarli o‘zgarishlar kutilmoqda: xorijiy bank plastik kartalari yoki to‘lov kartalari, masalan MasterCard, UnionPay kabi tizimlar O‘zbekistonda to‘liq joriy etiladi. Bankomatlar orqali xorijiy to‘lov kartalaridagi mablag‘larni avtomatik tarzda so‘m valyutasiga konvertatsiya qilinishi belgilanmoqda», deb ma’lumot berdi rais o'rinbosari.
Похожие новости
- Banklarda dollar sotuvi qanday bo'lmoqda? - 06/09/2017 09:42
- 5 sentyabrdan dollarni davlat kursida sotish boshlanadi. - 04/09/2017 03:01
- Dollarni davlat kursida bankomatdan echib olishingiz mumkin. - 23/08/2017 10:34
- 50000 so'm - sizning fikringiz? - 21/08/2017 07:02
- Konvertatsiya ochilsa, kurs qanday bo'ladi? - 18/06/2017 05:01