Turonbank Islom savdoni moliyalashtirish korporatsiyasi bilan 10 mln. dollarlik yangi shartnoma imzoladi!
Barchangizga ma'lumki, bugun poytaxtimizdagi Xalqaro Kongress markazida Islom taraqqiyot banki (IsDB) Boshqaruvchilar kengashining yillik yig'ilishi o'z yakuniga yetadi. Unda ITB guruhiga kiruvchi 57 mamlakatdan vazirlar va rasmiylar, shuningdek, 2000 dan ortiq yirik biznes vakillari hamda soha ekspertlari ishtirok etishdi.
Kun tartibidan o'rin olgan qator tadbirlar doirasida 4 sentyabr kuni "Turonbank" ATB Islom savdoni moliyalashtirish korporatsiyasi bilan "Kichik va o'rta biznesni moliyaviy qo'llab-quvvatlash" yo'nalishiga qaratilgan 10 mln. AQSh dollar qiymatida yangi shartnomani imzolandi. Bu o'zaro munosabatlarni taraqqiy ettirish, kutilmagan pandemiyadan keyin o'zbek biznes doira vakillari, xususan "Turonbank" ATB mijozlarini iqtisodiy qo'llab - quvvatlash uchun o'ta muhim yangilik bo'ldi desak adashmagan bo'lamiz.
Qolaversa, O'zbekistonda islom moliyasi rivojlanishiga qo'shgan hissasi uchun "Turonbank" ATB Boshqaruv Raisi Mirzayev Chori Sadibaqosovichga "Bank for its partnership with ITFC in SME financing" ("Kichik va o'rta biznesni moliyalashtirishdagi hamkorligi uchun") yorlig'ini, Islom taraqqiyoti banki prezidenti Muhammad Sulaymon al-Jassir hamda Xalqaro islom savdo-moliya korporatsiyasi ijrochi direktori Xani Salem Sonbollar tantanali ravishda topshirishdi.
Bundan tashqari, shu kunning o'zida "Turonbank" ATBda Xalqaro standartlarning moliyaviy hisobotlarini joriy etish bo'yicha texnik yordam ko'rsatish uchun grant ajratish bo'yicha ham shartnoma imzolandi.
Shuningdek, tadbirlar davomida "Turonbank" ATB Boshqaruv Raisi Mirzayev Chori Sadibaqosovich va Islamic Corporation for the Development - Xususiy sektorni rivojlantirish bo'yicha Islom korporatsiyasi bosh direktori janob Ayman Amin Sejini o'rtasida o'zaro hamkorlikni yanada mustahkamlash bo'yicha muzokara ham o'tkazildi.
Manba: https://t.me/bankirkundaligi.
Похожие новости
- Biznes haqida 10 ta kitob - million dollar ishlash siri. - 31/08/2021 06:15
- 2021-yil yarim yillik asosiy iqtisodiy ko'rsatkichlar - 29/08/2021 01:56
- Ta'lim krediti bo'yicha asosiy masalalar. - 25/08/2021 06:19
- Yangi O'zbekiston uchun biznes rejalar - 21/08/2021 03:12
- Dollar, omonat yoki ko'chmas mulk - kim yutdi? - 11/08/2021 11:17