Markaziy bankning matbuot xizmatidan ajoyib yangilik. Valyuta bozorini soddalashtirish chora tadbirlari ko'rib chiqildi va shu yilning 20-avgustidan boshlab yurtimizdagi barcha tijorat banklari valyuta ayirboshlash shaxobchalari orqali naqd chet el valyutalarini sotishga ruxsat berildi.
Saytimizni kuzatib borayotgan bo'lsangiz oxirgi kunlarda xorijiy valyutaning nafaqat davlat kursi balki banklarda almashinuv kurslari ham sezilarli yuqoriladi. 2019-yil 20-avgustida AQSh dollari birja savdolarida almashinuv kursi 9384 so'mga chiqdi.
Valyuta kursining o'zgarishi endilikda valyuta bozoridagi talab va taklifdan kelib chiqib baholanadi va belgilanadi, kursninng keskin o'zgarishini oldini oluvchi koridar markaziy bank tomonidan bekor qilindi.
So'ngi oylarda valyuta kurs dinamikasining oz'garishiga jahon iqtisodiyotida bo'layotgan vaziyatlar ham sabab bo'ldi. Gigant iqtisodiyotga ega davlatlar yani AQSh va Xitoy o'rtasidagi kelishmovchiliklar, boshqa davlatlarning iqtisodiy o'sish jarayoni pasayishiga olib keldi.
Bunda, O'zbekistonning asosiy savdo sheriklari bo'lgan davlatlar moliya bozorlaridagi mazkur o'zgarishlar O'zbekistonga ham ta'sir etib milliy valyutamizning qadrsizlanishi ortishiga olib keldi. Ushbu davlatlardagi o'z valyutalarning qadrsizlanish darajasi inflyatsiya darajasidan balandroq bo'lganligi uchun milliy so'mimizning qadrini oshishiga olib keladi.
Ikkinchidan, yuqorida ko'rsatilgan sabablar iqtisodiyotdagi investitsiya va kredit tizimining faolligining oshishi bilan bir qatorda eksport "narx ko'tarilishlar" va import jozibadorligi yuqorilashi ko'rinishida mahalliy ishlab chiqaruvchilarning tashqi va ichki bozorlarda narx raqobatbardoshligi susayishiga olib keladi. Aytib o'tishimiz joizki chet el tovarlari narxlari yurtimizda bir muncha pasaygan, mahalliy tovarlardan ko'ra chet elning tovarlarini xarid qilish oshgan. Natijada, oxirgi yillarda ichki valyuta bozorida talabning barqaror oshishi kuzatilmoqda. Buning asl yechimi yurtboshimiz ta'kidlaganidek raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqarish.
MB tomonidan valyuta bozorini isloh qilish ishlari olib borilmoqda, buning eng asosiysi naqd valyutaning savdosi ochilgani va valyuta kursini erkin oqimga qo'yilganidir. Biz sizlarga O'zbekistonda dollar kursining oldi sotdisi haqida malumotlar taqdim etishda davom etamiz, bundan oldinroq O'zbekiston banklarida dollar kursi 9450 so'mni tashkil etagan edi, banklarda ham 9450 so'mdan sotilib, 9350 so'mdan sotib olinayotgan edi. Endilikda chet davlat valyutasini valyuta ayirboshlash shaxobchalaridan ham ayirboshlashingiz mumkin.
Похожие новости
- 100 000 so'm bugundan boshlab muomalaga kiritildi. - 25/02/2019 05:28
- O'zbekiston va Hindiston o'rtasida 104,1 million dollarlik shartnoma imzolandi. - 06/10/2018 10:29
- Qishloq qurilish banki bankomatdan dollar yechib olish imkonini yaratmoqchi. - 13/09/2018 18:17
- O'zbekistonda avto kredit yangiliklari - 01/08/2018 15:22
- Dollar kursi nima uchun pasaymoqda? - 22/05/2018 10:37
Комментарии
RSS лента комментариев этой записи