O'zbekistonliklar chet el valyutasini asosan AQSh dollarini banklardan bir necha marotaba ko'proq va tez-tez sotib olishga kirishdilar. Markaziy bank ma'lumot berishicha: Tijorat banklari tomonidan jismoniy shaxslarga sotilgan xorijiy valyuta hajmi 2019-yilda sezilarli darajada oshdi. Ikki yil ichida bunday operatsiyalar soni 10 marotaba oshdi - 362 659 tadan 3 095 806 tagacha. Ularning hajmi 974,7 million dollardan 1,8 milliard dollargacha oshdi. 2018 va 2019-yilda o'sish avgust oyida yuqorilagan bo'lsa, lekin banklarga naqd valyutani sotish uchun ruxsat berilgandan so'ng kuchli to'lqin bilan o'sish yanada oshdi — miqdori ikki barobarga oshdi.
Grafik: banklar tomonidan chet el valyutasini jismoniy shaxslarga sotish bo'yicha operatsiyalar soni, 2018 va 2019 yillarda.
Shu bilan birga, banklar jismoniy shaxslardan sotib olgan chet el valyutasining operatsiyalar soni butun yil davomida 1 mlndan 1,3 milliontagacha bo'ldi va 2018-yilga nisbatan ko'p o'zgarmagan. Jurnalistlar bilan suhbatlashgan mutaxassislar valyuta almashinuvi asta-sekin "qora bozor" dan banklarga o'tayotganini isbotlovchi dalil sifatida bu haqiqatga e'tibor qaratdi.
Ma'lumotlarga qaraganda O'zbekistonliklar asosan $100 dan $500 gacha bo'lgan valyutani sotib oldilar. Ikkinchi o'rinda $500 dan $1000gacha, uchinchisi - $1000 dan $3000gacha. Banklarga avgust oyida naqd xorijiy valyutani sotishga ruxsat berilgan bo'lsa-da, bir qator cheklovlar hali ham mavjud. Shunday qilib, 24 soat valyuta ayirboshlash shoxobchalari yo'q va ko'plab banklar 17:00 dan keyin dollar sotishni to'xtatmoqdalar, garchi ular valyutani 22:00 va undan keyin sotib olishga tayyor.
Ayrim mamlakatlarda, misol uchun, Qozog'iston va Rossiyada bu muammoni xususiy almashinuv punktlari orqali hal qilish mumkin, ammo O'zbekistonda ular yo'q va yaqin kelajakda rejalashtirilmaydi.
E'tibor bergan bo'lsangiz oxirgi haftalarda valyuta kursi sezilarli darajada pastlamoqda, pasayishiga nima sabab bo'ldi? Sizning fikringiz?
Похожие новости
- 2020-yil eng daromadli valyuta omonat turlari - 23/01/2020 05:21
- O'zbekistonda 2020-yil avto kredit xolati - 06/01/2020 09:36
- O'zbekistonda 1-dekabrdan nima o'zgarishlar bo'ladi? - 28/11/2019 09:42
- Eng daromadli omonat turlari - 06/11/2019 08:32
- Medvedev dollardan voz kechishni taklif qildi. - 04/11/2019 08:03