Markaziy bank omonat bozori to'g'risida ma'lumotlar berishni boshladi. Endi afzallikni xalqqa yetkazish kerak!
Ma'lum qilishlaricha (https://t.me/centralbankuzbekistan/4593), regulyator omonat bozorining TOP-10 ishtirokchilarining omonat takliflarini monitoring qilib boradi.Ilk monitoring natijalariga ko'ra, ushbu banklardagi aholi omonatlarining yuqori foiz stavkalari 20-22 foiz atrofida shakllanib, o'rtacha 21 foizni tashkil qilgani ochiqlangan.
E'tiborga olish kerakki, kuzatuvlar omonatlar bozorida yuqori shovqin hosil qiluvchi, kichik yoki bozorga yangi kirgan ishtirokchilarning takliflarini inobatga olmagan. Shuningdek, alohida toifadagi mijozlar (pensioner, bolalar, talabalar va h.k.) uchun mo'ljallangan hamda kapitalizatsiya qilinadigan omonatlar ham hisobga olinmagan. Aytish joizki, ushbu harakatlar moliyaviy xizmatlar ommabopligini oshirish milliy strategiyasi doirasida yuz bermoqda.
Ma'lumot uchun, 2021 yilning 7 oyi davomida AQSh dollarining so'mga nisbatan rasmiy kursi 1,2 foizga ko'tarilgan. Yil boshidan buyon rasmiy inflyatsiya 4,2 foizni tashkil etgan. Uy-joy indeksi esa yanvar-iyun oylarida 6,8 foizga oshgan. Yuzaga kelgan holatda banklarning milliy valyutada taklif etayotgan omonatlari mablag'larni jamg'arishning va daromadlarni ko'paytirishning o'ta jozibador vositasi bo'lib qolmoqda. Boshqacha aytganda, masalan, 2021 yil yanvar oyida banklarga so'mda omonat qo'yganlar inflyatsiyadan himoyalana oldilar, dollar olib qo'yganlardan ham ko'proq nafga ega bo'ldilar va hatto uy-joy sotib olganlardan ham afzalroq samarali natijaga erishdilar.
@the_bakiroo
Похожие новости
- O'zbekistonda 2021-yilning birinchi yarmida yalpi ichki mahsulot hajmi necha foizga o'sdi? - 11/08/2021 09:48
- Как забрать вклад в Узбекистане, если банк обанкротился? - 23/07/2021 10:26
- 10 million daroman keltiruvchi omonat turi - 21/07/2021 06:38
- O'zbekistonda 15 ta bank jazolandi - 21/07/2021 06:35
- Курс валюты в Узбекистане будет обновляться каждый день - 21/07/2021 06:32