Fikr: Valyuta kurslari bilan nimalar sodir bo'lmoqda va so'm bundan keyin ham qadrsizlanishda davom etadimi?
Bir qator ichki va tashqi omillarga qaraganda keskin devalvatsiya bo'lmaydi. O'zbekistonda dollar kursi keskin ko'tarilib ketdi. Amerika valyutasi ilk bor bir hafta ichida 500 so'mdan balandga yuqoriladi. Markaziy bankda ta'kidlashlaricha, avvalgidek keskin devalvatsiya ehtimoli past deb hisoblashmoqda, ayrboshlash kursining oxirgi o'zgarishi - bu bozor iqtisodiyoti ta'siri ostidagi tuzatish bo'ldi va bunga regulyator aralashuviga yo'l qo'yilmaydi.
Xalqaro investitsiya konsalting "RB ASIA" kompaniyasi bosh direktori Doniyor Islamov vaziyatga Spot.Uz nashriyoti uchun shunday izoh berdi:
"So'mning xorijiy valyutalarga nisbatan kursi o'zgarishi so'nggi kunlarda keng muhokama qilinmoqda, ammo agar 2020-yilning boshiga nazar solsak, so'm Aqsh dollariga nisbatan 6,4% ga pasaydi. Agar bu jaroyon yilning oxiriga shu tezlikda davom etsa, so'mning dollarga nisbatan kursi o'zgarishi 2020 yilda unchalik qo'rqinchli bo'lmaydi va 17% ni yoki 11,1 ming so'mni tashkil etadi va mamlakatdagi inflyatsiya darajasidan biroz oshadi", - deb tushuntirdi Doniyor Islamov.
Uning ta'kidlashi bo'yicha, milliy valyuta kursining bunday o'zgarishiga ob'yektiv sabablari bor. Ularning asosiylari:
1. Valyuta o'tkazmalarining pasayishi. Markaziy Bank ma'lumotlariga ko'ra, valyuta o'tkazmalarining 85% Rossiyaga va 6% Qozog'istonga to'g'ri keladi. Bu mamlakatlarda o'zining valyutasi yilning boshidan taxminan 20% ga qadrsizlanib ketdi va iqtisodiy inqiroz davom etmoqda.
2. Eksportning pasayishi. Mamlakatdagi ko'plab eksportchi kompaniyalar oxirgi oy mobaynida faoliyatini to'xtatib qo'yishgan, yoki to'la quvvat bilan ishlamayapti. Turistik xizmatlar eksporti ma'lum sabablarga ko'ra keskin tushib ketdi.
3. Valyuta majburiyatlari. Importchi kompaniyalar, shuningdek, chet yel valyutasidagi kreditlarga ega bo'lganlari o'z majburiyatlarini bajaryaptilar, ya'ni chet el valyutasiga bo'lgan talab hali ham mavjud.
Yana bir sababni unutmaslik kerak - ko'p kompaniyalar va jismoniy shaxslar ayniqsa, iqtisodiy jo'shqinlik vaqtida o'z jamg'armalarini an'anaviy tarzda xorijiy valyutada saqlashadi. Va bu esa nafaqat O'zbekistonda balki boshqa davlatlarda ham shunday.
"Koronavirus pandemiyasining iqtisodiyotga ta'siri davomiyligining noaniqligi tufayli odamlar dollar yig'ib qo'ymoqda", - deydi Islomov.
Markaziy Bank baholashicha, inflyatsiya maqbul darajada bo'lib, pul-kredit siyosatini yumshatish imkoniyatlarini ochadi va bu qayta moliyalash stavkasini 16% dan 15% gacha kamaytirish orqali amalga oshirilgan.
Shuningdek, O'zbekistonning moliya tizimini va umuman iqtisodiyotni qo'llab-quvvatlash uchun xalqaro kreditlarni jalb etish bo'yicha xalqaro tashkilotlar bilan faol muzokaralar olib borilmoqda.
Bundan tashqari, O'zbekistonning umumiy eksportining deyarli 30% ni tashkil etuvchi oltin narxi bir yil ichida 35% ga oshdi.
"Yuqorida aytilganlarni hisobga olsak, biz yaqin vaqtda so'm kursining keskin pasayib ketishini kutmayapmiz”, - deb ishontirdi Doniyor Islomov.
Valyuta birjasida ham so'mning qadrsizlanishi kuzatilayotgani yo'q. Agar 15-aprel kuni auksionda dollar 328 so'mga ko'tarilgan bo'lsa, 16 aprel kuni u faqat 19 ga oshdi, 17 aprel kuni esa umuman 6 so'mga tushdi.
Похожие новости
- Dollar kursini ushlab turish - inqirozga eltuvchi to'g'ri yo'l - 23/04/2020 17:28
- Nega qayta moliyalash stavkasini pasaytirishdi va bu nima degani - 20/04/2020 14:52
- Koronavirus tufayli Rossiyadan O'zbekistonga pul ko'chirish hajmi tushib ketdi. - 15/04/2020 08:12
- Uz Auto Motors yangi avtomobil narxlari e'lon qilindi. - 09/03/2020 08:37
- Qonuniy valyuta bozori sezilarli darajada o'sdi. - 05/03/2020 12:44
Комментарии
RSS лента комментариев этой записи