Endilikda mehnat muhojirlari O'zbekistonga pul jo'natishlari mumkin.
Rossiya banki rezident jismoniy shaxslar va sanktsiyalarni qo'llab-quvvatlamaydigan mamlakatlardan norezidentlar uchun chet elga pul o'tkazmalari bo'yicha cheklovlarni yumshatishini e'lon qildi.
Rossiya banki kelgusi 6 oy davomida fuqarolar uchun chet elga pul o'tkazmalari miqdori uchun yangi chegaralarni belgiladi. Bir oy mobaynida jismoniy shaxslar Rossiya Federatsiyasidan tashqarida Rossiya bankidagi hisobraqamidan o'z hisob raqamiga yoki chet eldagi boshqa jismoniy shaxsga 10 ming AQSh dollaridan ko'p bo'lmagan yoki boshqa valyutadagi ekvivalentini o'tkazish huquqiga ega. Hisobraqam ochmasdan pul o'tkazish xizmatlarini ko'rsatuvchi kompaniyalar orqali siz oyiga 5 ming AQSh dollaridan ko'p bo'lmagan yoki boshqa valyutadagi ekvivalentini o'tkazishingiz mumkin.
Qoidalar sanksiyalarni qo'llab-quvvatlamaydigan mamlakatlar rezidentlari va norezidentlariga nisbatan qo'llaniladi. Xuddi shu imkoniyat Rossiyada mehnat yoki fuqarolik-huquqiy shartnomalar bo'yicha ishlaydigan barcha boshqa davlatlarning norezidentlariga ham berildi.
O'tkazma summalari pul o'tkazish bo'yicha ko'rsatma berilgan sanada Rossiya Banki tomonidan belgilangan xorijiy valyutalarning rublga nisbatan rasmiy davlat kursi bo'yicha hisoblanadi.
Похожие новости
- Банки Узбекистана предупреждают своих клиентов имеющие карты Visa и Mastercard - 09/03/2022 12:22
- Нацбанк потратил $500 млн доллара на удержание курса тенге - 05/03/2022 17:42
- Ажиотаж за рубль - 04/03/2022 07:59
- Все банки обязаны покупать и продавать рубли - 03/03/2022 02:42
- Юлий Юсупов: С большой вероятностью резкого обвала сума не произойдет. - 01/03/2022 12:29