O'zbekistonda avto kredit yangiliklari
- Подробности
- Просмотров: 656442
2018-yil boshlarida Dollaruz.net AloqaBank tomonidan avtokredit berilayotganligi haqida ma'lumot bergan edik. O'sha vaqtdan hozirgi kungacha bozorda ko'p o'zgarishlar bo'lib o'tdi: bozorda yangi o'yinchilar paydo bo'ldi, shartlar o'zgardi, foizlar kamaydi. Ushbu maqolada - birlamchi bozordan faqatgina yangi avtomobillarga avto kreditlar ko'rib chiqilgan.
Qishloq qurilish banki bankomatdan dollar yechib olish imkonini yaratmoqchi.
- Подробности
- Просмотров: 138922
Qishloq qurilish banki zamonaviy va jahon talablariga javob bera oladigan xizmatlar ko'rsatish ko'lamini kengaytirish maqsadida poytaxtimizning Mirobod dehqon bozori yonginasida o'z-o'ziga xizmat ko'rsatuvchi bankomatlar o'rnatdi. Ushbu bankomatlar haftasiga 7 kun 24 soatdan to'xtovsiz xizmat ko'rsatadi. Shaxobchada zamonaviy bankomatlar, infokiosk, infomonitor va "Internet banking" xizmatlarini amalga oshiriladi, shu jumladan yuridik shaxslar va tadbirkorlar uchun klaviaturali infokiosk ham o'rnatildi.
O'zbekiston va Hindiston o'rtasida 104,1 million dollarlik shartnoma imzolandi.
- Подробности
- Просмотров: 24271
Hindistonning Nyu-Dehli shahrida "O'zbekistonda ishlab chiqarilgan" belgisi ostida va o'zbek-hind biznes-forumi bo'lib o'tgan ko'rgazmada 104,1 mln dollarlik 29 ta shartnoma imzolandi, bu haqda Tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Ushbu ko'rgazmada ikki davlatning 100 dan ortiq davlat idoralari va ishbilarmon tadbirkorlari ishtirok etdi. Xususan, ikki taraf o'rtasida 102,1 mlnga teng bo'lgan 28 ta eksport shartnomasi va bitta 2 mln dollarlik import shartnomasi imzolandi.
100 000 so'm bugundan boshlab muomalaga kiritildi.
- Подробности
- Просмотров: 17463
O'zbekistonda bugundan yani 25.02.2019 dan boshlab 100 ming so'mlik banknota muomalaga kiritilishi boshlandi.
Yangi banknotaning tashqi ko'rinishi buyuk olim va davlat arbobi Mirzo Ulug'bek bobomiz va uning astronomiyada amalga oshirgan yutuqlariga bag'ishlandi. Yangi banknota maxsus himoyalabgan qog'ozdan ishlangan bo'lib oldi va ort tomonlarining rangi ochiq jigarran va havorang.