2019-yil noyabr oyida O'zbekistonda eng daromadli omonat turlari.
Mamlakatimizda mavjud bo'lgan 30 ta banklardan 26 tasi kapitalni ko'paytirish uchun omonat turlarini o'z mijozlariga taklif qiladi. Shu bilan birga, ulardan 24 ta bank 20% ga teng yoki undan yuqori foiz bank omonat stafkalarini taklif qiladi. Taqqoslash uchun, 2019-yilning yanvar oyida 20% dan kam bo'lmagan stavka bilan omonat ochish faqat 12 ta bankda mavjud edi.
Avvalroq, Markaziy bank sentyabr oyida jismoniy shaxslar uchun depozitlar bo'yicha o'rtacha foiz stavkasi sezilarli darajada oshganini ma'lum qilgan edi. Bir yil davomida (yani 2018-yilning sentyabridan) 15,2% dan 18,8% gacha o'sdi.
"Dollar Uz" 2019-yil boshidan buyon O'zbekiston banklarida eng daromadli omonat turlari qanday o'zgarganligini o'rganib chiqdi.
Birinchi olti oy ichida eng yuqori foiz stavkasi 22% da saqlanib qoldi. Joriy yilning iyun oyidan boshlab u bir foiz punktga o'sdi. Agar yoz oyida eng yuqori foiz bilan depozit faqat bir bank tomonidan taklif qilingan bo'lsa, noyabr oyida, yillik 23% stafka oltita bankda mavjud (banklar doirasida eng daromadli omonatlari haqida batafsil ma'lumot quyidagi jadvalda keltirilgan).
Omonatning o'rtacha minimal miqdori 100 ming so'mdan 1 million so'mgacha saqlanib qolgan. Omonat ochishning eng yuqori minimal miqdori, bundan besh oy oldin bo'lgani kabi, "Turkistonbank" da - 20 mln so'm.
Milliy valyutadagi depozitlarning jozibadorligini saqlab qolish uchun aholining inflyatsion kutilmalari oshishi davrida banklar nafaqat foiz stavkalarini oshiribgina qolmay, balki omonatlar muddatini ham qisqartirdilar. Jumladan," Agrobank"," Asia Alliance Bank"," Aloqabank", "Ipoteka Bank", "Kapitalbank" va "Xalq banki" omonatning saqlash muddatini 25 oydan 18-12 oygacha qisqartirdi.
So'm depozitlaridan farqli o'laroq, 2019 yilning yanvar oyidan boshlab eng daromadli omonatlarning dollardagi o'rtacha foiz stavkasi deyarli o'zgargani yo'q. Banklarda valyuta omonatlari bo'yicha stavkalari bir xil darajada qoldi va 5-7% oralig'ida.
E'tibor bering: jadvalda keltirilgan ma'lumotlar ushbu maqola chop etilgan paytda dolzarb bo'lib, axborot maqsadida taqdim etiladi. Depozitni ochish shartlari o'zgarishi mumkin. Banklardagi ma'lumotlarni aniqlashtirishni tavsiya etamiz.
Bank | Stafka | Muddat | Min. miqdori |
AgroBank | 23% | 18 oy | 1 mln |
Asia Alliance Bank | 22% | 18 oy | - |
AloqaBank | 20% | 18 oy | 5 mln |
InfinBank | 21% | 15 oy | 1 mln |
Davr-Bank | 20% | 13 oy | 500 ming |
Ipak Yo'li Bank | 18% | 13 oy | - |
Ipoteka Bank | 20% | 12 oy | - |
Kapital Bank | 21% | 12 oy | 5 mln |
Qishloq Qurilish Bank | 23% | 25 oy | - |
Orient Finans Bank | 20% | 36 oy | 10 mln |
TrastBank | 20% | 36 oy | 1 mln |
TurkistonBank | 20% | 13 oy | 20 mln |
Turonbank | 23% | 36 oy | 1 mln |
Xalq Banki | 23% | 18 oy | 100 ming |
НаmkorBank | 22% | 18 oy | 2 mln |
MikrokreditBank | 23% | 12 oy | 500 ming |
NBU | 22% | 18 oy | 100 ming |
UzPromStroyBank | 22% | 14 oy | 500 ming |
UzAgroExport Bank | 21% | 25 oy | - |
UniversalBank | 22% | 25 oy | 5 mln |
Hi-Tech-Bank | 21% | 13 oy | 1 mln |
SavdogarBank | 15% | 12 oy | - |
Ravnaq-Bank | 23% | 36 oy | 500 ming |
Asaka Bank | 20-22% | 24 oy | - |
Ziraat Bank | 20% | 25 oy | 10 mln |
Poytaxt | 21% | 25 oy | - |
Похожие новости
- Medvedev dollardan voz kechishni taklif qildi. - 04/11/2019 08:03
- O'zbekistonda 1-noyabrdan nima o'zgarishlar bo'ladi? - 29/10/2019 06:26
- Chiroyli avtoraqam savdosi 245 milliard so'mdan ortiqni tashkil qildi - 25/08/2019 02:41
- Naqd valyuta savdosi yo'lga qo'yildi - 21/08/2019 18:18
- 100 000 so'm bugundan boshlab muomalaga kiritildi. - 25/02/2019 05:28
Комментарии
chunki kurs xar doim oshib boradi
RSS лента комментариев этой записи