2019-yilda pul ko'chirishlar O'zbekiston xalqining asosiy daromadlaridan biriga aylandi.
RBK agentligining ma'lumotlariga ko'ra 2020-yilning martida pul ko'chirish tizimlari Rossiyadan chet elga ko'chadigan pullar hajmi tushib boshlaganini aniqlashdi.
O'tgan yilning shu davriga nisbatan Yunistrim pul ko'chirish tizimida Rossiyadan pul ko'chirishlar hajmi 35% ga pasaygan - bu ko'rsatkich bozorning umumiy dinamikasiga o'xshash bo'ladi. Lekin kompaniyada pul ko'chirishlar soni 18% ga oshganini ta'kidlashmoqda, ya'ni operatsilayalar soni oshib hajmi kamaygan. Yunistrim foydalanuvchilari 2020-yilning martida 2019-yil martiga nisbatan onlayn kanallar yordamida pul ko'chirishlarni to'rt barobar ko'p amalga oshirilgan. "Zolotaya korona" pul ko'chirish tizimida mart oyida pul o'tkazmalari 30% ga kamaydi, aprelda 50% ga tushishi kutilmoqda.
RBK hamsuhbatimiz bu holatga bunday izoh berdi: "Pandemiya, chegaralar yopilishi, savdo qilish va xizmat ko'rsatish tashkilotlarning ish faoliyati to'xtatilishi pul o'tkazmalarning pasayib ketishiga katta ta’sir ko'rsatdi".
U yana shuni ta'kidlab o'tdiki, odatda fevraldan aprelgacha bo'lgan davr migrantlar uchun mehnat mavsumining boshlanishi deb sanaladi.
Xabarda aytilishi bo'yicha:
"Aynan shu davrda ko'pchilik odamlar pul ishlash uchun uyidan kelishadi. Pandemiya bu holatni keskin o'zgartiradi va pul ko'chirmalari hajmi pasayishi shunga to'g'ridan to'g'ri bog'liqdir".
Ilgari milliy nashriyotlarimiz Rossiyadan O'zbekistonga pul o'tkazishlar 5 yil ichida cho'qqiga chiqqanini yozgan edi. Buni O'zbekistondagi mehnat migrtsiya hajmi 2015-yil ko'rsatkichigacha ko'tarilgani bilan izohlash mumkin.
2019-yilda jismoniy shaxslar Rossiyadan O'zbekistonga 4,7 mlrd dollar pul o'tkazishgan. O'tgan yil Rossiyadan umumiy pul o'tkazishlar 6,4 mlrd dollarni tashkil etgan. Markaziy bank xalqaro pul o'tkazmalar aholining birlamchi va ikkilamchi daromadining asosiy qismini tashkil etishini ta'kidlab o'tgan. Chet el valyutasi asosan dollar, rubl va evroning kirimi kamayishi so'mning qadrsizlanishining asosiy sabablaridan biri, buning oqibatida chet el valyuta kursi oshishiga olib keladi.
Похожие новости
- Uz Auto Motors yangi avtomobil narxlari e'lon qilindi. - 09/03/2020 08:37
- Qonuniy valyuta bozori sezilarli darajada o'sdi. - 05/03/2020 12:44
- 2020-yil eng daromadli valyuta omonat turlari - 23/01/2020 05:21
- O'zbekistonda 2020-yil avto kredit xolati - 06/01/2020 09:36
- O'zbekistonda 1-dekabrdan nima o'zgarishlar bo'ladi? - 28/11/2019 09:42
Комментарии
RSS лента комментариев этой записи