Bank kartalari orqali to'lovlarni asossiz ravishda rad etish holatlari aniqlandi.
- Bugungi kunda Markaziy bank tomonidan respublikamizda bank xizmatlarining ommabopligini oshirish, shu jumladan, naqd pulsiz kartalar orqali yoki dollar, evro, rubl valyutalarida avtomatik konvertatsiya hisob-kitoblarni rivojlantirish orqali joylarda bank kartalari egalariga xizmat ko'rsatuvchi bankomat va terminallar tarmog'ini kengaytirish borasida zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Hozirda tijorat banklarining mijozlarga xizmat ko'rsatuvchi barcha bo'linmalari terminallar bilan to'liq ta'minlangan.
- Shunga qaramay, ayrim hollarda joylardagi ba'zi tijorat banklarining bo'linmalarida aholiga tegishli bo'lgan bank kartalari orqali to'lovlarni amalga oshirishni rad etish, asocsiz ravishda terminallardan foydalanmaslik hamda karta egalariga bank kartasidagi pul mablag'larini terminal orqali naqdlashtirib bermaslik bilan bog'liq holatlar kuzatilmoqda. Bu esa iste'molchilarning huquqi va qonuniy manfaatlari buzilishiga olib kelmoqda hamda haqli e'tirozlarga sabab bo'lmoqda.
- Ta'kidlash kerakki, joriy yilda Markaziy bankning Bank xizmatlari iste'molchilarining huquqlarini himoya qilish xizmati tomonidan Xorazm, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Namangan, Surxondaryo, Qashqadaryo, Toshkent viloyatlari va Qoraqalpog'iston Respublikasida nazorat tadbirlari o'tkazildi. Ushbu hududlardagi qoidabuzarliklarga yo'l qo'ygan tijorat banklariga nisbatan (Agrobank, Xalq banki, Mikrokreditbank, Milliy bank, O'zsanoatqurilishbank, Ipoteka-bank, Hamkorbank, Qishloq qurilish bank, Asaka bank, Aloqabank, Turonbank, Trastbank, Ipak yo'li banki, Davrbank va Infinbank) belgilangan tartibda jarima sanktsiyalari qo'llanildi.
- Shu bilan birga, Markaziy bank tomonidan tijorat banklariga terminallardan foydalanishda yo'l qo'yilgan kamchiliklarni bartaraf etish va kelgusida bunday holatlarning takrorlanmasligi uchun zaruriy choralar ko'rish yuzasidan tegishli ko'rsatmalar berildi hamda ularning ijrosi doimiy nazoratga olindi.
- Markaziy bank tijorat banklarini kelgusida ularning joylardagi barcha muassasalarida to'lovlarni terminallar orqali amalga oshirish holati bo'yicha nazorat tadbirlarini o'tkazishni davom ettirishi, shuningdek, tijorat banklaridan terminallardan foydalanishda qoidabuzarlikka yo'l qo'ygan bank xodimlariga nisbatan egallab turgan lavozimidan chetlatishgacha bo'lgan jazo choralari qo'llanilishini talab etishi to'g'risida ogohlantiradi.
Hurmatli bank xizmatlari iste'molchilari!
Agar Sizning bank kartalari orqali to'lovlarni amalga oshirish bo'yicha tijorat banklari filiallariga so'rovingiz xodimlar tomonidan turli vajlar bilan rad etilsa, u holda ushbu holat yuzasidan Markaziy bankning Bank xizmatlari iste'molchilarining huquqlarini himoya qilish xizmatiga yozma ravishda yoki (71) 212-60-15, (71) 212-73-80, (71) 212-60-94 telefon raqamlari orqali murojaat qilishingiz mumkinligini bildiramiz.
Похожие новости
- Курс валюты в Узбекистане будет обновляться каждый день - 21/07/2021 06:32
- Курс доллара в Узбекистане - какова ситуация? - 21/07/2021 06:25
- Cколько золота продал Узбекистан и цена за 1 грамм золота 2020-году. - 27/09/2020 10:11
- Процентные ставки по кредитам в Узбекистане: под какие проценты дают сейчас кредиты банки? - 19/09/2020 05:16
- Super omonat turi +24 foiz - 20/05/2020 12:07