2020-yil yanvar oyida O'zbekistonda eng daromadli valyuta omonatlari.
Xorijiy valyutadagi depozitlarning maksimal stavkasi - 8%. Banklar foizlarning kapitalizatsiyasini taklif qila boshladi.
Markaziy bank ma'lumotlariga ko'ra, 2019-yilning oktyabr oyida xorijiy valyutadagi depozitlar bo'yicha o'rtacha foiz stavkasi 5,3% ikki yil ichida rekord ko'rsatkichga erishgan edi, keyin shu yilning dekabr oyida eng past ko'rsatkichga 4% tushib ketdi.
O'tgan yili oktyabr oyida bir yildan ortiq muddatga qo'yilgan omonatlar o'rtacha darajasi 7% yaqin bo'ldi, keyinchlik yil oxirigacha 5.3% ga kamaydi. Shunday qilib, banklar nafaqat so'm, balki valyuta (dollar, evro) omonatlari jozibadorligini oshiradi.
2020-yil yanvar oyida xorijiy valyutadagi omonatlarning maksimal foiz stavkasi 8% gacha oshdi. To'g'rirog'i, ushbu valyuta omonat turi Farg'onada joylashgan Madad Invest Bank tomonidan taklif etiladi.
O'zbekistonning 23 ta banklarida valyuta omonatini ochish mumkin, foiz stavkasi 3-8% oralig'ida o'zgarib turadi (barcha banklarda taklif qilinayotgan omonatlar haqida batafsil ma'lumot quyidagi jadvalda keltirilgan).
Aksariyat banklar AQSh dollar valyutasida depozitlarni qabul qiladilar. Evro depozitlari beshta bankda taklif etilmoqda: "Kapitalbank" (12 oy muddatga 3%), Hamkorbank (6 oy muddatga 2%), NBU (3 oy muddatga 2%), "Asaka" bank (3%, 24 oy), Ravnaq Bank (2%, 18 oy).
Omonatchilar foizlarini kapitalizatsiya qilish imkoniga ega bo'ldilar, ya'ni har oyda depozitning asosiy miqdoriga oy uchun hisoblangan foizlar bilan ortadi va keyingi davrda foizlar asosga qo'shilib hisoblanadi. Albatta, bunday omonat turlari oddiy foizlarni hisoblashdan ko'ra ko'proq daromad keltiradi.
Ayni paytda oylik kapitalizatsiya imkoniyatini beruvchi faqatgina "Qishloq qurilish bank"da mavjud. Qaysi bankda omonat ochishingizdan qat'iy nazar u bankning shartlarini chuqur o'rganib chiqish zarur. Misol uchun, pulni yechish naqd pulda emas, balki Visa kartaga, "Aloqabank"da bo'lgani kabi to'lanishi mumkin. Bundan tashqari, foizlar dollarlarda emas, balki Milliy valyutada (masalan, Hi-Tech Bank) berilishi mumkin.
Agar omonatchiga foizlarni milliy valyutada olish qa'qul bo'lsa unda fozi stavkalari pasaymaydi. Banklar ba'zan yuqori foiz stavkasi bilan mijozlar e'tiborini jalb etadi, ammo, depozit bo'yicha saqlash shartlari ma'lum bir vaqt ichida uning pasayishiga olib kelishi mumkin.
Misol uchun, Ravnaq Bank uch yil davomida yiliga 7% da valyuta omonatini taklif etadi. Shu bilan birga, bu raqam faqat birinchi yil uchun qo'llaniladi, keyin 2% ga kamayadi. Shunday qilib, ushbu depozitning o'rtacha yillik stavkasi 3,6%.
Ko'pgina banklarning veb-saytlarida kalkulyatorlar mavjud. Ushbu onlayn kalkulyatorlar omonatchilarga muddat va foiz stavkalridan kelib chiqib kelajakda qancha foyda ko'rishlari mumkinligini hisoblashda yordam beradi.
Bank | Stafka | Muddat | Min. miqdori |
Madad Invest Bank | 8% | 13 oy | - |
Asia Alliance Bank | 5.5% | 18 oy | - |
AloqaBank | 5% | 36 oy | 100$ |
InfinBank | 4% | 25 oy | 500$ |
Ipak Yo'li Bank | 3% | 3 oy | - |
Ipoteka Bank | 4% | 12 oy | - |
Kapital Bank | 4% | 12 oy | - |
Qishloq Qurilish Bank | 6% | 25 oy | - |
Orient Finans Bank | 4% | 36 oy | 5000$ |
TrastBank | 6% | 25 oy | 500$ |
TurkistonBank | 7% | 13 oy | 1000$ |
Turonbank | 6% | 36 oy | - |
НаmkorBank | 6% | 18 oy | 300$ |
MikrokreditBank | 3% | 3 oy | 500$ |
NBU | 5% | 27 oy | - |
UzPromStroyBank | 4% | 6 oy | 500$ |
UzAgroExport Bank | 7% | 36 oy | 500$ |
UniversalBank | 6% | 12 oy | 500$ |
Hi-Tech-Bank | 7% | 13 oy | - |
Ravnaq-Bank | 7% | 36 oy | 500$ |
Asaka Bank | 5.5% | 24 oy | - |
Ziraat Bank | 6% | 24 oy | 1000$ |
Poytaxt | 4% | 25 oy | - |
Iltimos, diqqat qiling: Ushbu ma'lumotlar faqat axborot maqsadida taqdim etiladi. Depozitni ochish shartlari o'zgarishi mumkinligi sababli, Dollaruz.Net depozitni ochishdan oldin bankga murojat qilib aniqlik kiritishingizni tavsiya qiladi.
Похожие новости
- O'zbekistonda 2020-yil avto kredit xolati - 06/01/2020 09:36
- O'zbekistonda 1-dekabrdan nima o'zgarishlar bo'ladi? - 28/11/2019 09:42
- Eng daromadli omonat turlari - 06/11/2019 08:32
- Medvedev dollardan voz kechishni taklif qildi. - 04/11/2019 08:03
- O'zbekistonda 1-noyabrdan nima o'zgarishlar bo'ladi? - 29/10/2019 06:26