1. Ta'lim krediti necha yilga beriladi?
Javob: Talabaning to'liq o'qish davri yakunlangach, yettinchi oydan boshlab yetti yil ichida to'lanadi (6 oy + 7 yil). Ya'ni, yangi o'qishga kirgan talaba (bakalavr 4+7yil 6 oy) 11 yilu 6 oyga kredit ajratiladi. Bunda 4 yilu 6 oy davomida kreditning foizlari to'lanadi. Undan keyingi oydan boshlab kreditning asosiy qarz qismi to'lovi boshlanadi.
2. Kredit necha foizdan beriladi?
Javob: Kredit Markaziy bankning asosiy stavkasi miqdorida ajratiladi. Ayni kunda 14%.
(Agar talabaning o'qish davrida Markaziy bankning asosiy stavkasi pasaytirilsa, kredit foizi ham pastlatiladi, oshirilsa oshirilmaydi).
3. Kredit foizlari qachondan boshlab to'lanadi?
Foiz to'lovlari kredit ajratilgan oydan boshlab to'lab boriladi. O'qish tugagunga qadar faqat foiz to'lovlari to'lanadi.
4. Kredit kimning nomiga ajratiladi?
Ta'lim krediti talabaning o'zining nomiga ajratiladi. Bunda ota-onasi, aka-ukasi, opa-singlisi, er-xotin hamda vasiylari birgalikda qarz oluvchi (kafil) sifatida ishtirok etadi.
5. Qaysi muddatlarda ta'lim krediti to'lab beriladi?
O'qish uchun yillik to'lovning to'liq miqdorini belgilagan tartibda, teng ulushlarda to'rt qismga bo'lib quyidagicha to'lab beriladi:
- 25% - 1-kurslar uchun 15 sentyabrgacha, 2 va undan yuqori kurslar uchun 1 oktyabrgacha;
- 50% - 1 yanvargacha;
- 75% - 1 aprelgacha;
- 100% - 1 iyulgacha.
(Talaba tijorat bankiga ushbu sanalarga qadar murojaat qilishi lozim!)
6. Qaysi o'qishga beriladi, qaysilarga berilmaydi?
Kunduzgi bakalavriat va magistratura talabalariga ta'lim krediti ajratiladi.
Superkontrakt (tabaqalashtirilgan to'lov-kontrakt) va unga tenglashtirilgan to'lovlarga, jumladan perevod to'lovlariga ham ajratilmaydi.
7. Ta'lim kreditini qaysi banklardan olish mumkin?
Quyidagi 11 ta tijorat banklari va ularning filiallariga ariza orqali murojaat qilishlari mumkin:
Milliy bank, O'zanoatqurilishbank, Agrobank, Mikrokreditbank, Xalq bank, Qishloqqurilishbank, Turon bank, Hamkorbank, Asaka bank, Ipoteka bank, Oriyent Finans bank.
Похожие новости
- Yangi O'zbekiston uchun biznes rejalar - 21/08/2021 03:12
- Dollar, omonat yoki ko'chmas mulk - kim yutdi? - 11/08/2021 11:17
- O'zbekistonda 2021-yilning birinchi yarmida yalpi ichki mahsulot hajmi necha foizga o'sdi? - 11/08/2021 09:48
- Как забрать вклад в Узбекистане, если банк обанкротился? - 23/07/2021 10:26
- 10 million daroman keltiruvchi omonat turi - 21/07/2021 06:38