Rossiyaga qarshi sanksiyalar O'zbekistonning o'sishini pasaytiradi, deydi Fitch tahlilchilari.
Fitch agentligi O'zbekiston Yalpi ichki mahsuloti (YAIM) o'sishi prognozini qayta ko'rib chiqdi. Agentlik ma'lumotlariga ko'ra, o'sish 2022-yilda 3,1 foizgacha sekinlashishi kutilmoqda (ilgari 5,7 foiz deb taxmin qilingan edi).
"Rossiyaga 2021-yilda migrantlar o'tkazgan pul o'tkazmalarining 70 foizini (yalpi ichki mahsulotning 8 foiz ekvivalenti), jami eksportning 12 foizini va importning 21 foizi to'g'ri keladi. Shu bilan birga, Fitch O'zbekistonning mustahkam suveren balansi, takomillashtirilgan siyosati, diversifikatsiyalangan eksport bazasi, jumladan, oltin va muhim rasmiy texnik va moliyaviy yordamning mavjudligi mamlakatga makroiqtisodiy barqarorlikni, tashqi va fiskal zaxiralar mustahkamligini hamda erishilgan yutuqlarni saqlab qolish imkonini beradi, deb hisoblaydi", deyiladi xabarda.
Fitch: "Biz 2023-yilda inflyatsiya o'rtacha 11,6 foizni tashkil etishini kutmoqdamiz, garchi inflyatsiya yo'nalishi valyuta (dollar, evro, rubl) kursining o'zgaruvchanligiga, 2020-2021 yillarda qoldirilgan kommunal xizmatlar (gaz va elektr energiyasi) tariflarini qayta ko'rib chiqish, hamda nooziq-ovqat mahsulotlari va xizmatlari narxlarining qat'iyligiga bog'liq bo'ladi.", - deydi agentlik tahlilchilari.
Fitch prognozlariga ko'ra, joriy hisob taqchilligi 2021 yildagi YAIMning 6,9 foizidan joriy yilda 9,7 foizgacha oshadi, chunki pul o'tkazmalari dollar bilan ifodalanganda qariyb 50 foizga qisqaradi. "Xom ashyo eksportining oshishi, birinchi navbatda oltin (2021-yilda eksportning 29%) va paxta (Cotton Campaign boykotining bekor qilinishi sababli yuqori narxlarda sotishdan potentsial foyda), ichki talabning sekinlashishi tufayli import xarajatlari qisqarishi va so'mning zaiflashishi vaziyatni biroz yumshatadi”, deyiladi hisobotda.
Agentlikning ta'kidlashicha, Ukrainadagi urushning global va mintaqaviy oqibatlariga qaramay, hukumat 2022-2023-yilda bir nechta IPO va xususiylashtirishni e'lon qilish orqali davlat banklari va korxonalarini isloh qilish sur'atlarini jadallashtirish va davlatning iqtisodiyotdagi ulushini kamaytirish niyatida.
Похожие новости
- Rossiyadan O'zbekistonga dollar jo'natish endi mumkin - 01/04/2022 14:13
- Банки Узбекистана предупреждают своих клиентов имеющие карты Visa и Mastercard - 09/03/2022 12:22
- Нацбанк потратил $500 млн доллара на удержание курса тенге - 05/03/2022 17:42
- Ажиотаж за рубль - 04/03/2022 07:59
- Все банки обязаны покупать и продавать рубли - 03/03/2022 02:42