Kuni kecha O'zbekiston biznes doirasi vakillari uchun unutilmas kun bo'ldi. Bir nechta kardinal o'zgarishlar, muhim qarorlar, kutilmagan yangiliklar ishbilarmonlarga qo'shimcha motivatsiya taqdim etgani aniq. Buning ustiga, moliya muassasalari faoliyati bilan bog'liq masalalar uchrashuvning asosiy mavzularidan biriga aylangani bank tizimi mamlakat iqtisodiyoti uchun qanchalik muhim bo'g'in ekanligidan dalolat.
Aslida banklar va tadbirkorlar o'rtasidagi hamkorlik o'ta uzviy hisoblanib, yangi quvvatlar va mashhur brendlarning paydo bo'lishida banklarning moliyaviy ko'magi muhim ahamiyat kasb etadi.
Xuddi shu mavzuda, bir necha kundan buyon "O'zbekiston24" telekanalida Turonbank bilan hamkorlikda o'z biznesini yo'lga qo'ygan tadbirkorlarning ish jarayonlari maxsus reportajlarda namoyish etib kelinmoqda. Tadbirkorlar orasida mahalliy bozorda o'z o'rniga ega bo'lganlaridan tortib, Italiyaga tovarlarini eksport qilayotgan korxonalargacha bor.
Bank matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, bugun 21 avgust kuni 13:50 da navbatdagi korxonalar faoliyati aks etgan videorolik efirga uzatiladi. Yoki barcha videolarni youtub kanalida kuzatib borishingiz mumkin.
Похожие новости
- Dollar, omonat yoki ko'chmas mulk - kim yutdi? - 11/08/2021 11:17
- O'zbekistonda 2021-yilning birinchi yarmida yalpi ichki mahsulot hajmi necha foizga o'sdi? - 11/08/2021 09:48
- Как забрать вклад в Узбекистане, если банк обанкротился? - 23/07/2021 10:26
- 10 million daroman keltiruvchi omonat turi - 21/07/2021 06:38
- O'zbekistonda 15 ta bank jazolandi - 21/07/2021 06:35
Комментарии
RSS лента комментариев этой записи