- Подробности
- Просмотров: 9720
Eng qulay va daromadli omonat turini tanlash juda onson buning uchun siz saytimizni muntazam kuzatib borishingiz kerak bo'ladi. Bizning saytimizda O'zbekiston banklarning barcha takliflari to'plangan. Depozitlar quyidagi shartlarga muvofiq guruhlanishi mumkin: foizlarni kapitalizatsiya qilish, to'ldirish va pul olish, imtiyozli dasturlar va boshqalar. Mijozlarning ko'pchiligi omonat turini tanlashda adashishadi bu vaqt va daromad yo'qotishga olib keladi. Eng yaxshi taklifni tanlash quyidagi parametrlarni aniqlash bilan boshlanishi kerak:
- Подробности
- Просмотров: 6383
Gruziya TBC banki Markaziy bankdan O'zbekistonda bank faoliyatini yuritish uchun litsenziya oldi.
Aktsiyadorlik-tijorat TBC banki bank faoliyatini yuritish uchun litsenziya oldi. Tegishli qaror O'zbekiston Markaziy banki boshqaruvi tomonidan 11-aprel kuni e'lon qilindi, deb xabar beradi Markaziy Bank matbuot xizmati. Gruziya TBC banki raqamli Space neobanki bilan O'zbekiston bozoriga kirishni rejalashtirgani 2019-yilning yanvar oyida ma'lum bo'lgandi. Aprel oyida, bank $ 5,5 millionga Payme to'lov xizmati nazorat ulushini sotib oldi.
- Подробности
- Просмотров: 11133
Fikr: Valyuta kurslari bilan nimalar sodir bo'lmoqda va so'm bundan keyin ham qadrsizlanishda davom etadimi?
Bir qator ichki va tashqi omillarga qaraganda keskin devalvatsiya bo'lmaydi. O'zbekistonda dollar kursi keskin ko'tarilib ketdi. Amerika valyutasi ilk bor bir hafta ichida 500 so'mdan balandga yuqoriladi. Markaziy bankda ta'kidlashlaricha, avvalgidek keskin devalvatsiya ehtimoli past deb hisoblashmoqda, ayrboshlash kursining oxirgi o'zgarishi - bu bozor iqtisodiyoti ta'siri ostidagi tuzatish bo'ldi va bunga regulyator aralashuviga yo'l qo'yilmaydi.
- Подробности
- Просмотров: 6528
"Kursni ushlab turish - inqirozga bevosita yo'l" - Jamshid Qo'chqorov.
Bosh vazir muovini Jamshid Qo'chqorovning aytishicha, davlat so'mni devalvatsiyadan sun'iy ravishda ushlab turmaydi, chunki bu - inqirozga to'g'ridan-to'g'ri yo'l. Moliya vaziri Timur Ishmetov valyuta kursining shakllanishiga aralashuvni ikki iqtisodiy ko'rsatkichga qarab ko'rish mumkinligini ta'kidladi.
- Подробности
- Просмотров: 6293
Stavkani pasayishi iqtisodiyotda real ijobiy foyiz stavkalarini saqlab turadi. Markaziy bank 2015-yildan buyon ilk bora asosiy stavkani 16% dan 15% ga pasaytirdi. "Ichki talablarning pasayishi sharoitida iqtisodiy faolligning sekinlashishi fonida inflyatsiyaning pasayish tomoniga qaratilgan prognozini qayta ko'rib chiqib shunday xulosaga kelishdi", - deyishdi MB matbuot xizmati.
- Подробности
- Просмотров: 6675
2019-yilda pul ko'chirishlar O'zbekiston xalqining asosiy daromadlaridan biriga aylandi.
RBK agentligining ma'lumotlariga ko'ra 2020-yilning martida pul ko'chirish tizimlari Rossiyadan chet elga ko'chadigan pullar hajmi tushib boshlaganini aniqlashdi.
- Подробности
- Просмотров: 16350
O'rtacha narxlar 15% ga ko'tarildi, ammo Spark kabi ba'zi modellar 20% ga oshdi.
Ushbu ma'lumot kompaniyaning veb-saytidagi yangilangan narxlardan kelib chiqib olindi. Eslatib o'tamiz oxirgi marta narxlar 2018-yilning avgust oyida o'zgargan edi. Shundan so'ng kompaniya bir qator imtiyozlarni yo'qotdi, lekin narxlar o'zgarmadi. Yangi avto narxlari aniqrog'i Cobalt, Spark, Nexia 3 modellarining narxi sezilarli o'zgardi. Shartnoma va to'lovini o'z vaqtida qilib ulgurgan xaridorlar, xavotirga o'rin yo'q avtomobillar egalariga shartnoma asosida eski narxlarda yetkizdirilib beriladi.
- Подробности
- Просмотров: 29753
O'zbekistonliklar chet el valyutasini asosan AQSh dollarini banklardan bir necha marotaba ko'proq va tez-tez sotib olishga kirishdilar. Markaziy bank ma'lumot berishicha: Tijorat banklari tomonidan jismoniy shaxslarga sotilgan xorijiy valyuta hajmi 2019-yilda sezilarli darajada oshdi. Ikki yil ichida bunday operatsiyalar soni 10 marotaba oshdi - 362 659 tadan 3 095 806 tagacha. Ularning hajmi 974,7 million dollardan 1,8 milliard dollargacha oshdi. 2018 va 2019-yilda o'sish avgust oyida yuqorilagan bo'lsa, lekin banklarga naqd valyutani sotish uchun ruxsat berilgandan so'ng kuchli to'lqin bilan o'sish yanada oshdi — miqdori ikki barobarga oshdi.
- Подробности
- Просмотров: 142373
2020-yil yanvar oyida O'zbekistonda eng daromadli valyuta omonatlari.
Xorijiy valyutadagi depozitlarning maksimal stavkasi - 8%. Banklar foizlarning kapitalizatsiyasini taklif qila boshladi.
Markaziy bank ma'lumotlariga ko'ra, 2019-yilning oktyabr oyida xorijiy valyutadagi depozitlar bo'yicha o'rtacha foiz stavkasi 5,3% ikki yil ichida rekord ko'rsatkichga erishgan edi, keyin shu yilning dekabr oyida eng past ko'rsatkichga 4% tushib ketdi.
- Подробности
- Просмотров: 23510
Banklarda avto kredit berish uchun sharoitlar 2019-yilga nisbatan qanday o'zgarishlar kuzatildi.
2019-yil dekabr oyida aniq bo'lishicha, avto kreditdan qarzdorlar 2,7 barobarga oshgan. Bunday kreditlar bo'yicha qarz yuki 67.3% hollarda tavsiya etilgan darajadan oshadi. 2019-yilning 1-iyul xolati bo'yicha O'zbekistonda avtomobil kreditlari bo'yicha 85 ming dona debitor qarzdorlik mavjud edi, bu 2018-yilning xuddi shu davrga nisbatan 2.9 barobar va 2017-yildan 12 marta ko'p degani. Yopilmagan avtokreditlar umumiy soni 4519 ta, bu 2018-yilga nisbatan 2.7 marta ko'proq va 2017-yilga nisbatan 19 marta ko'proq.