Новости экономики и финансов

Davlat kurs valyuta

"Kursni ushlab turish - inqirozga bevosita yo'l" - Jamshid Qo'chqorov.

Bosh vazir muovini Jamshid Qo'chqorovning aytishicha, davlat so'mni devalvatsiyadan sun'iy ravishda ushlab turmaydi, chunki bu - inqirozga to'g'ridan-to'g'ri yo'l. Moliya vaziri Timur Ishmetov valyuta kursining shakllanishiga aralashuvni ikki iqtisodiy ko'rsatkichga qarab ko'rish mumkinligini ta'kidladi.

2020-04-23 15:28:10

Markaziy Bank

Stavkani pasayishi iqtisodiyotda real ijobiy foyiz stavkalarini saqlab turadi. Markaziy bank 2015-yildan buyon ilk bora asosiy stavkani 16% dan 15% ga pasaytirdi. "Ichki talablarning pasayishi sharoitida iqtisodiy faolligning sekinlashishi fonida inflyatsiyaning pasayish tomoniga qaratilgan prognozini qayta ko'rib chiqib shunday xulosaga kelishdi", - deyishdi MB matbuot xizmati.

2020-04-20 12:52:12

Pul ko'chirish

2019-yilda pul ko'chirishlar O'zbekiston xalqining asosiy daromadlaridan biriga aylandi.

RBK agentligining ma'lumotlariga ko'ra 2020-yilning martida pul ko'chirish tizimlari Rossiyadan chet elga ko'chadigan pullar hajmi tushib boshlaganini aniqlashdi.

2020-04-15 06:12:47

O'rtacha narxlar 15% ga ko'tarildi, ammo Spark kabi ba'zi modellar 20% ga oshdi.

Ushbu ma'lumot kompaniyaning veb-saytidagi yangilangan narxlardan kelib chiqib olindi. Eslatib o'tamiz oxirgi marta narxlar 2018-yilning avgust oyida o'zgargan edi. Shundan so'ng kompaniya bir qator imtiyozlarni yo'qotdi, lekin narxlar o'zgarmadi. Yangi avto narxlari aniqrog'i Cobalt, Spark, Nexia 3 modellarining narxi sezilarli o'zgardi. Shartnoma va  to'lovini o'z vaqtida qilib ulgurgan xaridorlar, xavotirga o'rin yo'q avtomobillar egalariga shartnoma asosida eski narxlarda yetkizdirilib beriladi.

2020-03-09 05:37:04

Valyuta bozori

O'zbekistonliklar chet el valyutasini asosan AQSh dollarini banklardan bir necha marotaba ko'proq va tez-tez sotib olishga kirishdilar. Markaziy bank ma'lumot berishicha: Tijorat banklari tomonidan jismoniy shaxslarga sotilgan xorijiy valyuta hajmi 2019-yilda sezilarli darajada oshdi. Ikki yil ichida bunday operatsiyalar soni 10 marotaba oshdi - 362 659 tadan 3 095 806 tagacha. Ularning hajmi 974,7 million dollardan 1,8  milliard dollargacha oshdi. 2018 va 2019-yilda o'sish avgust oyida yuqorilagan bo'lsa, lekin banklarga naqd valyutani sotish uchun ruxsat berilgandan so'ng kuchli to'lqin bilan o'sish yanada oshdi — miqdori ikki barobarga oshdi.

2020-03-05 09:44:57

Valyuta omonat turi

2020-yil yanvar oyida O'zbekistonda eng daromadli valyuta omonatlari.

Xorijiy valyutadagi depozitlarning maksimal stavkasi - 8%. Banklar foizlarning kapitalizatsiyasini taklif qila boshladi.

Markaziy bank ma'lumotlariga ko'ra, 2019-yilning oktyabr oyida xorijiy valyutadagi depozitlar bo'yicha o'rtacha foiz stavkasi 5,3% ikki yil ichida rekord ko'rsatkichga erishgan edi, keyin shu yilning dekabr oyida eng past ko'rsatkichga 4% tushib ketdi.

2020-01-23 02:21:39

Avtokredit 2020 foto

Banklarda avto kredit berish uchun sharoitlar 2019-yilga nisbatan qanday o'zgarishlar kuzatildi.

2019-yil dekabr oyida aniq bo'lishicha, avto kreditdan qarzdorlar 2,7 barobarga oshgan. Bunday kreditlar bo'yicha qarz yuki 67.3% hollarda tavsiya etilgan darajadan oshadi. 2019-yilning 1-iyul xolati bo'yicha O'zbekistonda avtomobil kreditlari bo'yicha 85 ming dona debitor qarzdorlik mavjud edi, bu 2018-yilning xuddi shu davrga nisbatan 2.9 barobar va 2017-yildan 12 marta ko'p degani. Yopilmagan avtokreditlar umumiy soni 4519 ta, bu 2018-yilga nisbatan 2.7 marta ko'proq va  2017-yilga nisbatan 19 marta ko'proq.

2020-01-06 06:36:58

O'zbekistonda foto

Adliya vazirligi 1-dekabrdan qonunlarda qanday o'zgarishlar kutilayotgani haqida aytib o'tdi.

1. Kuchli moddalar tarkibidan tashkil topgan dorilar faqat ayrim dorixonalarda sotiladi.

2019-yilning 1-dekabridan boshlab tarkibiga kuchli moddalar kiritilgan dori vositalarining chakana savdosi faqat ijtimoiy dorixonalarda, shuningdek, giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni saqlash va sotish uchun litsenziyaga ega dorixonalarda sotiladi.

2019-11-28 06:42:25