Новости

Chiroyli avtoraqam

Avtoraqam savdo maydonchasi yani "Avtoraqam Uzex Uz" ishga tushirilgandan buyon 50 ming dona raqam sotildi. Avtoraqam savdo platformasi faoliyati davomida "chiroyli" avtomobil raqamlarini sotish 245 milliard so'mdan ortiqni tashkil etdi yani hozirgi dollar kursi bilan aytganda 26.1mln AQSh dollari, deya xabar beradi tovar-xomashyo birjasi sayti.

2019-08-25 00:41:14

Valyuta sotuvi

Markaziy bankning matbuot xizmatidan ajoyib yangilik. Valyuta bozorini soddalashtirish chora tadbirlari ko'rib chiqildi va shu yilning 20-avgustidan boshlab yurtimizdagi barcha tijorat banklari valyuta ayirboshlash shaxobchalari orqali naqd chet el valyutalarini sotishga ruxsat berildi.

Saytimizni kuzatib borayotgan bo'lsangiz oxirgi kunlarda xorijiy valyutaning nafaqat davlat kursi balki banklarda almashinuv kurslari ham sezilarli yuqoriladi. 2019-yil 20-avgustida AQSh dollari birja savdolarida almashinuv kursi 9384 so'mga chiqdi.

2019-08-21 16:18:55

100 000 so'm

O'zbekistonda bugundan yani 25.02.2019 dan boshlab 100 ming so'mlik banknota muomalaga kiritilishi boshlandi.

Yangi banknotaning tashqi ko'rinishi buyuk olim va davlat arbobi Mirzo Ulug'bek bobomiz va uning astronomiyada amalga oshirgan yutuqlariga bag'ishlandi. Yangi banknota maxsus himoyalabgan qog'ozdan ishlangan bo'lib oldi va ort tomonlarining rangi ochiq jigarran va havorang.

2019-02-25 02:28:07

O'zbekiston Hindiston

Hindistonning Nyu-Dehli shahrida "O'zbekistonda ishlab chiqarilgan" belgisi ostida va o'zbek-hind biznes-forumi bo'lib o'tgan ko'rgazmada 104,1 mln dollarlik 29 ta shartnoma imzolandi, bu haqda Tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Ushbu ko'rgazmada ikki davlatning 100 dan ortiq davlat idoralari va ishbilarmon tadbirkorlari ishtirok etdi. Xususan, ikki taraf o'rtasida 102,1 mlnga teng bo'lgan 28 ta eksport shartnomasi va bitta 2 mln dollarlik import shartnomasi imzolandi.

2018-10-06 08:29:08

Qishloq Qurilish Bank

Qishloq qurilish banki zamonaviy va jahon talablariga javob bera oladigan xizmatlar ko'rsatish ko'lamini kengaytirish maqsadida poytaxtimizning Mirobod dehqon bozori yonginasida o'z-o'ziga xizmat ko'rsatuvchi bankomatlar o'rnatdi. Ushbu bankomatlar haftasiga 7 kun 24 soatdan to'xtovsiz xizmat ko'rsatadi. Shaxobchada zamonaviy bankomatlar, infokiosk, infomonitor va "Internet banking" xizmatlarini amalga oshiriladi, shu jumladan yuridik shaxslar va tadbirkorlar uchun klaviaturali infokiosk ham o'rnatildi.

2018-09-13 16:17:20

Avto kredit Uz

2018-yil boshlarida Dollaruz.net AloqaBank tomonidan avtokredit berilayotganligi haqida ma'lumot bergan edik. O'sha vaqtdan hozirgi kungacha bozorda ko'p o'zgarishlar bo'lib o'tdi: bozorda yangi o'yinchilar paydo bo'ldi, shartlar o'zgardi, foizlar kamaydi. Ushbu maqolada - birlamchi bozordan faqatgina yangi avtomobillarga avto kreditlar ko'rib chiqilgan.

2018-08-01 13:22:08

Dollar kursi O'zbekistonda valyuta siyosatini liberallashtirishdan keyin birinchi marta 8000 so'mdan pastroq ko'rsatkichga tushdi. Markaziy bank chet el valyutalarining yangi ko'rsatgichini e'lon qildi - unga ko'ra dollar 7997,9 so'm yangi minimal ko'rsatgichni tashkil qildi.

2018-05-22 08:37:29

Hamkor Mobile - innovatsion yechim.

Bank ma'muriyatining xabariga ko'ra ushbu onlayn dasturi Visa yoki UnionPay valyuta kartalariga biriktirish imkonini beradi va internet orqali be'malol dollar yoki evro valyuta hisob raqamini ochishingiz mumkin.

2018-04-27 08:05:42