- Подробности
- Просмотров: 5012
Kuni kecha 13-yanvar kuni poytaxtimizdagi "Taraqqiyot strategiyasi" markazida iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo'nalishlari bo'yicha press-brifing muhokamasi bo'lib o'tdi, unga ko'ra bankomatlar orqali chet el valyuta kartalaridan avtomatik tarzda konvertatsiya qilib milliy valyutada yechib olish masalasi ko'ndalang qo'yildi.
- Подробности
- Просмотров: 496794
Xabaringiz bor O'zbekistonning barcha banklarida 5-sentyabrdan boshlab erkin valyuta sotilishi boshlandi. Mijozlar qulay sharoitlarda va tez fursatda valyuta sotib olishmoqda va sotishmoqda.
Valyuta shaxobchalarida avvaligidek uzundan uzun navbatlar yo'q, oshib borsa 3-4 ta odam. Bu bir tarafdan davlatga ham foyda, ham xalq uchun juda qulay.
- Подробности
- Просмотров: 16526
Prezident Shavkat Mirziyoyev 2 sentyabrda "Valyuta siyosatini erkinlashtirish bo'yicha dastlabki choralar to'g'risida”gi Farmonni imzoladi. Hujjat matni davlat rahbarining rasmiy saytida e'lon qilindi.
Farmonga muvofiq, joriy yilning 5 sentyabridan O'zbekiston Respublikasi yuridik shaxslari joriy xalqaro operatsiyalar (tovarlar, mehnatlar va xizmatlar importi, foydani repatriatsiya qilish, kreditlarni so'ndirish, safar xarajatlarini to'lash va boshqa savdoga oid bo'lmagan o'tkazmalar) bo'yicha xorijiy valyutani tijorat banklaridan cheklanmagan miqdorda xarid qilishlari mumkin.
- Подробности
- Просмотров: 28844
Yaqin kunlarda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki tomonidan Toshkent va Samarqand shaharlarida so‘m va dollarni naqdlashtirishga mo‘ljallangan 55 ta bankomat o‘rnatilishi rejalashtirilmoqda.
Ushbu loyiha doirasida dastlab, Sergeli yarmarkasida, “Aviasozlar” bozorida va Olmazor tumanida milliy valyutani naqdlashtirishga mo‘ljallangan avtomatlar joylashtirilgan edi.
- Подробности
- Просмотров: 19818
Xabaringiz bor 2017-yilning 22-avgustidan boshlab Markaziy bank yangi 50000 (ellik ming) so'mlik banknotni muomalaga chiqaradi.
Ushbu banknotni chiqarishdan maqsad esa yurtimizda so'ngi yillarda ish haqining oshishi va nafaqa to'lovlarining naqd pulda amalga oshirilayotganligi, naqd puldagi hisob-kitoblar ko'payganligi sabab, fuqarolarimizga qulaylik tug'dirish maqsadida muomalaga kiritildi.
- Подробности
- Просмотров: 92349
Markaziy bank rahbariyatining deyarli butunlay yangilanishi va tez orada valyutaning erkinlashtirilishi borasidagi umidlar konvertatsiya qanday ssenariy asosida “ochilishi” va bizni boshida dollarning qanday kursi kutib turgani haqida o'ylashga majbur qiladi. Bu savollarga mustaqil moliyaviy ekspert Aleksandr Davletov Uz24.uz saytida javob berishga harakat qilgan.
- Подробности
- Просмотров: 44554
Tez kunlarda O'zbekistonda erkin valyuta konvertatsiyaning ochilishi kutilmoqda.
O'zbekiston Oliy Majlisi Senatining 10-yalpi majlisi yakunlari yuzasidan bo'lib o'tgan matbuot anjumanida «Taraqqiyot strategiyasi markazi» ijrochi direktori Akmal Burxonov tomonidan pul-kredit tizimini erkinlashtirish bo'yicha loyiha ustida ish olib borilayotgani ma'lum qildi, deb yozmoqda Daryo nashri.
- Подробности
- Просмотров: 226393
Xabaringiz bor Prezidentimiz qaroriga binoan 1-iyundan boshlab GM Uzbekistan 2017 yil avto narxlarini ichki bozor uchun sumda chiqardi va uni milliy valyutamizda sotib olish imkoniyati tug'ildi.
1- iyungacha avtomobil xarid qilish uchun tuzilgan shartnomalar, o'sha vaqtda tuzilgan shartnoma asosida o'z egalariga topshiriladi va qolgan to'lovlarni yangi xalqaro platik karta orqaliham tolasa bo'ladi.
- Подробности
- Просмотров: 34216
Xabaringiz bor 2017-yilning 10-martidan boshlab Markaziy bank tomonidan qiymati 10000 so'm (o'n ming so'm) bo'lgan banknot ko'rinishidagi yangi pul chiqarildi. Yangi banknotning ko'rinishi, old va orqa tarafi.
Internet olamida ushbu xabarni eshitgan yurtdoshlarimiz muhokama qilishni boshlashdi. Ayrim foydalanuvchilar ushbu yangilikni ma'qullashmoqda va birato'la «20.000, 50.000 va 100.000 so'mlik banknotlarni chiqarishni tavsiya etishdi, boshqa foydalanuvchilar bankomatlar sonini ko'paytirishni ayrimlari bankomat atrofidagi navbatni yo'qotishni izoh qilib qoldirishdi.
- Подробности
- Просмотров: 128798
2017-yilda O‘zbekistonda keng miqyosli moliyaviy islohotlar amalga oshirilishi kutilmoqda. 2016-yil noyabrida “Valyuta siyosatining ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘risida”gi qaror Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida muhokama uchun chop etildi. Hujjat mamlakatda valyuta siyosatini keng miqyosda liberallashtirilishini nazarda tutadi.
Mazkur hujjat va u nazarda tutadigan islohotlar jahon matbuotida ham aks sado bermoqda. Jumladan, Qozog‘istonning “365info.kz” sayti moliya va iqtisodiyot sohasi ekspertlarining bu boradagi fikrlarini o‘rganib chiqdi.
“Hujjatning asosiy jihati — milliy valyutaning chet el valyutalariga nisbatan kursini faqat bozor mexanizmlaridan foydalangan holda belgilash”, — deb ta’kidlanadi materialda.
“Bugun bank operatsiyalari va so‘mni chet el valyutasidagi o‘tkazish masalalari biznes uchun katta muammolar tug‘dirmoqda, bundan turistlar hamda mamlakatning oddiy fuqarolari qiynalmoqda. Chet el kompaniyalari daromadni konvertatsiyalab, olib chiqib bo‘lmagani uchun tavakkal qilgisi kelmaydi. Shuning uchun, aytaylik, rasmiy ma’lumotlarga qaraganda, O‘zbekistonda Rossiya kapitali ishtirokidagi 800 ta firma va tashkilot ishlamoqda, qo‘shni Qozog‘istonda esa ularning soni 20 mingta”, — so‘zida davom etadi material muallifi.